|
Bizning xizmatlar
“Jahon” axborot agentligi veb-sayti (http://www.jahonnews.uz)
Agentlik Internet tarmog`ida o`z veb-portaliga ega bo`lib, unda o`quvchilar turli axborot va tahliliy materiallar, press-relizlar bilan tanishishi, o`zbek, rus, ingliz va arab tillarida O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti to`g`risidagi ma`lumotlarni olishlari mumkin.
2007 yilning oktabr oyidan boshlab “Jahon” axborot agentligi O`zbekiston Respublikasi hududida o`z faoliyatini amalga oshirayotgan axborot agentliklari hamda veb-portallar orasida birinchi bo`lib o`z veb-saytining o`zbek, rus, ingliz tillaridagi versiyalaridan tashqari arab tilidagi versiyasini ishga tushirdi. Bundan ko`zlangan maqsad esa ayni paytda butun dunyoda, jumladan, arab va musulmon olami mamlakatlarida O`zbekistonda bugungi kunda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar hamda ro`y berayotgan ulkan o`zgarishlar, qolaversa, O`zbekistonning butun jahon va Islom sivilizatsiyasiga qo`shgan ulkan hissasi borasidagi axborotga bo`lgan ehtiyojni qondirishdan iborat.
Agentlik portali soddaligi, “Fotogallereya”, “Video” va “Audio” kabi “Multimedia” asosiy rukni ostida birlashtirilgan turli ruknlarning mavjudligi, boshqa axborot manbaalari, tashkilot va idoralar, arxiv materiallari bilan veb-bog`lanmalarga ega ekanligi bilan ajralib turadi. O`z mahsulotini mamlakat miqyosida va xorijda tanitishni hamda agentlik bilan hamkorlik o`rnatishni maqsad qilgan reklama beruvchilarga agentlikning Internet sahifasi keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Agentlik hamkorlari to`g`risidagi ma`lumotlar veb-portalga reklama bannerlari ko`rinishida joylashtiriladi va nafaqat respublikamizdagi, balki xorijiy mamlakatlardagi foydalanuvchilarning ham e`tiboriga havola etiladi.
Televidenie va radioeshittirish xizmati
Televidenie va radioeshittirish xizmati Betacam SP, VHS, DVD, hamda VCD formatlarida bo`lgan o`zbek, rus, ingliz, arab va boshqa tillaridagi audiovizual mahsulotlar, hujjatli filmlar, video-rolik va telelavhalar tayyorlab berish imkoniyatiga ega.
Shuningdek, agentlikda turli marosimlar, tadbirlar, uchrashuv va yig`ilishlarni professional darajada video tasmaga tushirib berish imkoniyati mavjud.
Fotoxizmat
Agentlik fotoxizmati OAV hamda nashrlarni bezashda foydalanish mumkin bo`lgan turli mavzulardagi (shaxslar, jamiyat, madaniyat, sport, manzarali ko`rinishlar) yuqori sifatli fotosuratlarni tayyorlab berishni taklif qiladi.
Eng dolzarb mavzulardagi fotosuratlar, arxiv suratlari, tarixiy voqealar aks etgan fotosuratlar mavjud. Shuningdek, agentlik fotoreportajlar, sahnalashtirilgan fotosuratlar, zarur fotosuratlarni qidirish borasidagi xizmatlarni ham taklif qiladi. Fotosuratlar raqamli formatda taqdim etiladi.
Tarjima xizmati
Agentlik o`zbek tilidan rus, ingliz, nemis, arab tillariga va aksincha shu tillardan o`zbek va rus tillariga malakali tarjima xizmatini taklif etadi. Shuningdek, turli bukletlar nashr etish, kelishilgan asosda chet tillaridagi axborot va reklama materiallarini tayyorlash, turli ijtimoiy-madaniy tadbirlarga axborot ko`magi ko`rsatish ham taklif etiladi.
Tahririyat-nashriyot xizmati
Mazkur xizmat turli broshyuralar, bukletlar, axborot byulletenlari, ma`lumotnomalar va boshqa matbaa mahsulotlarini arzon narxlarda hamda eng zamonaviy tehnologik uskunalar yordamida tayyorlab berishni taklif qiladi.
|