Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Madaniyat

Musiqaning sehrli kuchi xalqlarni birlashtiradi
30.01.2012 09:15

“Jahon” AA, Tokio -Tokio shahrida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining 20 yilligiga bag’ishlangan konsert bo’lib o’tdi.

Ushbu madaniy tadbir mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi hamda  2011 yilning avgustida Samarqandda bo’lib o’tgan “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalida Muxlislar e'tibori sovriniga sazovor bo’lgan Yaponiyaning taniqli “Pinhoniy ajdar” musiqiy folklor guruhi tomonidan tashkil etildi.

“Japan Foundation” jamg’armasi madaniyat va san'at departamentining direktori Bundji Yokomichi “Jahon” axborot agentligi uchun bergan intervyusida O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining 20 yilligi bilan qutlar ekan, ikki mamlakat o’rtasida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik ko’hna Buyuk Ipak yo’li vujudga kelgan davrdan buyon davom etib kelayotgani holda keyingi yillar davomida bunday aloqalar tobora rivoj topayotganini ta'kidladi. “Ma'lumki, O’zbekistonning Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlari Buyuk Ipak yo’lining markazi bo’lgan”, dedi u.

Muloqot chog’ida Bundji Yokomichi “Pinhoniy ajdar” musiqiy folklor guruhi an'anaviy yapon musiqasiga o’ziga xos yondoshgani holda zamonaviy uslubni yaratayotganini qayd etdi.

“So’nggi yillarda “Japan Foundation” jamg’armasi madaniy aloqalar sohasida O’zbekiston bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Joriy yilda mamlakatlarimiz o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining 20 yilligini nishonlash tadbirlari doirasida O’zbekiston elchixonasi ko’magida Yaponiya va O’zbekistonda yana qator madaniy tadbirlarni o’tkazish ko’zda tutilgan”, dedi Bundji Yokomichi.

Jamg’arma direktori “Japan Foundation” yapon jamoatchiligini o’zbek xalqining boy madaniyati, san'ati va an'analari, shuningdek, o’zbekistonliklarni yapon xalqining madaniyati va san'ati bilan tanishtirish bo’yicha qator qo’shma loyihalarni amalga oshirish orqali mamlakatlarimiz o’rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada kengaytirishni rejalashtirayotganini ham ma'lum qildi.

“Pinhoniy ajdar” musiqiy folklor guruhining yakkaxon xonandasi Shigeri Kitsu guruhning O’zbekistonga tashrifi chog’ida ansambl a'zolari O’zbekiston Davlat konservatoriyasi talabalari huzurida o’z san'atlarini namoyish qilishganini mamnuniyat bilan esladi.

Uning so’zlariga qaraganda, Tokioda berilgan konsert O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganing 20 yilligini nishonlash doirasida o’tkazilgan ilk tadbirlardan biri bo’ldi. Sh. Kitsu kelajakda yana O’zbekistonga ijodiy safar bilan borish orzusida ekanini aytdi.

Guruh xonandasi Nobuto Yamanaka ham o’z ijodiy jamoasi a'zolari bilan birga Samarqand shahridagi go’zal tarixiy maskan - “Registon maydonida”da milliy musiqa va qo’shiqlarni ijro etishga muyassar bo’lgani o’zi uchun sharaf ekanligini hamda mazkur safar juda ajoyib va unutilmas taassurotlar qoldirganini ma'lum qildi.

Guruhiing prodyusseri Yuki Xata fikr bildirganidek,  diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan yapon muxlislari uchun uyushtirilgan konsert ansamblning “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalidagi musiqiy chiqishlarining mantiqiy davomi bo’ldi.


Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà