Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Madaniyat

«New Straits Times» gazetasi tarixiy va zamonaviy O’zbekiston haqida
07.02.2012 10:01
“Jahon” AA, Kuala-Lumpur - Malayziyada ingliz tilida chop etiladigan «New Straits Times» gazetasi sahifasida O’zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida hikoya qiluvchi “O’zbekiston mahobati” («Splendours of Uzbekistan») sarlavhali maqola bosilib chiqdi. Rang-barang suratlar bilan bezatilgan ushbu maqola  malayziyalik jurnalist Zalina Moxd Som qalamiga mansub bo’lib, unda muallifning “Mega-info-tur” dasturi doirasida O’zbekiston bo’ylab ijodiy safari chog’ida orttirgan taassurotlari qalamga olingan.

Zalina Moxd Som o’z xotiralarini gazetxonlar bilan o’rtoqlashar ekan, “Samarqand, Buxoro, Xiva va O’zbekistonning boshqa shaharlariga sayohat -  o’tmish bilan,  qadimgi Sharq bilan, boy tarixiy meros haqida aniq tasavvur beradigan mahobatli obidalar, ajoyib me'moriy ansambllar bilan uchrashuvdir”, deya ta'kidlaydi.

Shunisi e'tiborga molikki, mazkur maqolada O’zbekiston shaharlarining go’zallikda betakror va ko’rkamligi o’zining aniq-ravshan  ifodasini topgani barobarida mamlakatimizning boy madaniy, ilmiy va diniy merosi haqida ham atroflicha fikr yuritilgan.

Xususan, muallif Samarqand haqidagi mulohazalarini bayon etar ekan,  moviy gumbazlari shaharning o’ziga xos tashrif qog’ozi bo’lib qolgan hamda mashhur sarkarda va davlat arbobi Amir Temur saltanati davriga oid qator me'moriy ansambllar ushbu ajoyib qadimiy shaharning qoq markazida qaror topganini alohida qayd etadi. 

Zalina M.Som Samarqandda san'at, adabiyot, me'morchilik va ilm-fan taraqqiyoti tarixiga e'tibor qaratgani holda nashr o’quvchilariga jahonga mashhur Registon maydonini borib ko’rishni tavsiya qiladi. “Zero, uni o’z ko’zingiz bilan ko’rmay turib, Samarqandning butun mahobati va ulug’vorligini tasavvur qilishingiz mumkin emas”, deb yozadi u.

Muallif Samarqand shahrida Ulug’bek rasadxonasi, butun dunyoga dong’i ketgan Shohi Zinda majmui, Bibixonim masjidi kabi ko’plab tarixiy obidalar mavjudligi va ularning barchasi go’zallikda betakrorligi bois qaysi birini “eng ajoyib yodgorlik”, deyishga qiynalib qolish turgan gap ekanligini ham gazetxonlarga ma'lum  qiladi.

Zalina M.Som ko’hna va sharif shahar Buxoro haqidagi taassurotlarini qalamga olar ekan, “bu shahar kutilmagan sovg’alarga to’la ekanligi”ni qayd etadi. “Buxoro, eng avvvalo, o’ziga xos hamda betakror qizg’ish-jigar, moviy va yashil ranglar jilosida, shuningdek, eski shahar qismida qaror  topgan  g’ishtin binolarning go’zal jimjimador naqshlarida namoyon bo’ladi”, deb yozadi u.

Uning fikricha, shahar bo’ylab sayr, ayniqsa, Somoniylar maqbarasi ziyorati, Labi hovuz va bu betimsol maskan atrofida joylashgan tarixiy osori-atiqalar bilan tanishuv kishiga katta zavq-shavq baxsh etadi.

Muallif O’zbekistonning bosh kenti - azim Toshkent shahri haqidagi fikr-mulohazalarini «New Straits Times» gazetasi o’quvchilari bilan o’rtoqlashar ekan, mazkur “megapolisda o’tmish va zamonaviylik juda uyg’unlashib ketganini” alohida qayd etadi. Uning ta'kidlashicha, Toshkent qator tarixiy obidalardan tashqari, ko’plab chiroyli va zamonaviy inshootlar, bino va keng ko’chalarga, go’zal va shinam bog’u xiyobonlarga,  hashamatli restoran va turli milliy yemakxonalarga ham boydir. “O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’tgan davr mobaynida qay darajadagi ijobiy o’zgarishlarni kasb etganini Toshkent misolida ham ko’rish mumkin”, deb yozadi u.

Zalina M.Somning qayd etishicha, mustaqillikka erishgandan buyon  O’zbekiston hukumati xalqning o’tmishi, madaniyati, urf-odat va an'analari qayta tiklanishiga, shuningdek, mamlakat bag’rida joylashgan tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolarni tiklash va ta'mirlashga, respublikada yashaydigan 130 dan ortiq millat va elat vakillarining o’zaro tinchlik va hamjihatlikda istiqomat qilishlariga alohida e'tibor berib keladi. Muallif e'tirof etganidek, “O’zbekistonda tarixiy shaharlarni obod qilish, sayyohlik infratuzilmasini zamon talablari darajasida rivojlantirish, sayohatchilar uchun barcha qulay shart-sharoitlarni yaratish davlatning ustuvor vazifalari sirasiga kiradi”.

Yuqoridagilardan tashqari, o’zbek xalqining o’ziga xos madaniyati va an'analari haqida gazetxonlarga ma'lumot yetkazish ham muallifning e'tiboridan chetda qolmagan. Xalqimizning mehmondo’st, samimiy va ochiq ko’ngilligini alohida qayd etar ekan, “bu xalqning yuksak madaniyati insonlarning o’zaro munosabatlarida, yoshi kattalar va ayollarga nisbatan ko’rsatiladigan hurmatda namoyon bo’ladi”, deya o’z fikrini yakunlaydi malayziyalik jurnalist.

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà