Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Madaniyat

O’zbekiston Fransiyadagi Kolmar sayyohlik ko’rgazmasida
24.11.2011 18:46
«Jahon» AA, Parij - Yaqinda Fransiyaning Kolmar shahri Ko’rgazmalar markazida 27-Xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. «Xalqaro sayyohlik va sayohat saloni» nomi ostida o’tgan mazkur anjumanda roppa-rosa uch kun davomida dunyoning 50 dan ziyod mamlakatidan kelgan turli milliy sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalar vakillari va turoperatorlar o’z mahsulotlari hamda xizmatlarini namoyish etdilar.

Ta'kidlash joizki, mazkur ko’rgazma ham «Top Resa», «Mondial du Tourisme» xalqaro sayyohlik anjumanlari singari Fransiyadagi eng yirik xalqaro ko’rgazmalar sirasiga kiradi.

 Kolmar sayyohlik ko’rgazmasida O’zbekiston Respublikasi sayyohlik salohiyati Fransiyaning «Formitours» sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda namoyish etildi. Milliy uslubda, rango-rang o’zbek gazlamalari bilan bezatilgan O’zbekiston bo’lmasining peshtaxtalaridan o’zbek xalq amaliy san'atining turli-tuman, o’ziga xos va betakror namunalari joy oldi. 

Xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi davomida O’zbekiston sayyohlik salohiyati bo’yicha konferensiya ham bo’lib o’tdi. Mamlakatimizning tarixiy va me'moriy yodgorliklari, xorijlik sayyohlarga taklif etiladigan an'anaviy va boshqa sayyohlik yo’nalishlari, mazkur ko’rgazma mehmonlarining ham e'tiborini tortgan o’zbek milliy oshxonasining o’ziga xosliklari ushbu tadbir chog’idagi muloqotlarning asosiy mavzui bo’ldi. 

Mamlakatimizning Fransiyadagi diplomatiya vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan «O’zbekiston - Buyuk Ipak yo’lidagi chorraha» nomli taqdimot ham ko’rgazma mehmonlarida alohida qiziqish uyg’otdi. Unda O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yillari davomida sayyohlik sohasini rivojlantirishga katta e'tibor qaratgani, xususan, sayyohlikning yangi yo’nalishlari shakllangani, zamonaviy mehmonxonalar bunyod etilgani, juda ko’plab tarixiy yodgorliklar hamda muqaddas ziyoratgohlar ta'mirlangani va obodonlashtirilgani alohida qayd etildi. Ma'lumki, O’zbekistonning jo’g’rofiy jihatdan qulay joylashuvi, noyob tabiiy maskanlar va ularning rang-barangligi, boy madaniy-tarixiy meros, zamonaviy transport-kommunikatsiya infratuzilmasi singari muhim omillar mamlakatimiz sayyohlik industriyasini xalqaro miqyosda komil ishonch bilan ilgari surish imkonini berayotgani barobarida bu sohani yanada rivojlantirish uchun hali ham katta salohiyat mavjuddir. 

Konferensiya doirasida Fransiyaning «France 3» jamoatchilik telekanali kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan «O’zbekistonning bebaho xazinasi» nomli hujjatli film tadbir ishtirokchilarining e'tiboriga havola qilindi.

 «Les Voyages Lesage» sayyohlik kompaniyasi eksperti Remi Shmidt hamda fransiyalik sayohatshunos yozuvchi,  «Sharqiy makon. O’rta Osiyo yo’llari  bo’ylab yakka sayohat» asarining muallifi Alis Plan o’z chiqishlarida o’zbek xalqi boy ma'naviy merosga, madaniy xilma-xillik va noyob mehmondo’stlikka ega ekanligini hamda O’zbekistonda bag’rikenglik muhiti, dinlararo va millatlararo hamjihatlik, tinchlik va barqarorlik hukmronligini   alohida ta'kidlashar ekan, bu omillar jahonning turli burchaklaridan yuz minglab sayyohlarni o’ziga jalb etayotganini qayd etdilar.

«Jahon» axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan suhbat chog’ida ko’rgazmaning ayrim tashkilotchi va ishtirokchilari sayyohlik sohasida O’zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollari yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini o’rtoqlashdilar. Jumladan, «Formitours»  sayyohlik  kompaniyasining bosh direktori Jan-Pol Tyuyet ushbu ko’rgazmada mamlakatimiz vakillari bilan birgalikda O’zbekistonning boy sayyohlik salohiyatini namoyish etish o’z kompaniyasi uchun katta sharaf ekanligini ma'lum qildi.

- Kolmar ko’rgazmasi nafaqat Fransiyadan, balki unga qo’shni mamlakatlar - Germaniya, Shveysariya, Belgiya, Lyuksemburg va Italiyadan ham ming-minglab sayohatchilarni o’ziga jalb qilib keladi, - deydi u. - O’tgan yili men sayyohlar guruhi tarkibida O’zbekistonga borish baxtiga muyassar bo’ldim.  Ushbu safar hammaga yoqdi, biz olam-olam tassurotlar bilan qaytdik. Shu boisdan ham kompaniyamiz ushbu ko’rgazmada O’zbekistonni alohida namoyish etishga qaror qildi. Bugungi kunda fransiyalik hamda qo’shni mamlakatlardagi o’z mijozlarimizga taklif etayotgan o’nlab sayyohlik yo’nalishlarimiz orasida O’zbekiston ham bor.

Xalqaro ko’rgazma bosh menejeri Kristof Krupi tadbir tashkilotchilari nomidan O’zbekistonning  Kolmar xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etayotgani bilan qizg’in qutladi.

- Shu o’rinda ko’rgazmamiz mehmonlari O’zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag’ishlangan konferensiya va taqdimotlarga katta qiziqish bilan qarashganini alohida ta'kidlashni istar edim, - dedi u. -  O’zbekistonning yuksak did bilan bezatilgan bo’lmasi mamlakatingizga juda ko’plab sayyohlarning diqqatini jalb etganiga zarracha ham shubha qilmayman. Bu yerdagi ayrim sayyohlar uchun O’zbekiston yo’nalishi yangi va ayni paytda  istiqbolli bo’ladi, deb o’ylayman. Ushbu ko’rgazmadan so’ng Samarqand, Buxoro hamda Xiva singari tarixiy va mahobatli shaharlarni o’z ko’zi bilan ko’rishni istaydigan sayyohlar soni yanada ko’payishiga ham ishonchim komil. Umid qilamizki, «Xalqaro sayyohlik va sayohat saloni» xalqaro ko’rgazmasida O’zbekiston ishtiroki an'anaga aylanib qoladi.  

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà