Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Prezident Islom Karimov Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichsni qabul qildi (16.05.2013 19:46)           O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (16.05.2013 20:02)           O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlandi (16.05.2013 18:51)           Opera va balet san’ati bayrami (16.05.2013 18:08)           Neft-gaz forumi yakunlandi (16.05.2013 18:05)           Prezident Norvegiya Qirolini tabrikladi (16.05.2013 13:51)           Senatda uchrashuv (15.05.2013 18:39)           Yaponiyada o’zbek milliy liboslari ko’rgazmasi (15.05.2013 18:27)           O‘zbekistonda Yevropa kunlari (15.05.2013 10:27)           Jahon madaniyatlari birlashgan Registon (14.05.2013 19:23)           O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatlari Hindistonda taqdim etildi (14.05.2013 18:30)           O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi ulkan salohiyati (14.05.2013 17:29)           Paragvay Prezidentiga qutlovlar (14.05.2013 16:24)           Energetika ko‘rgazmasi ish boshladi (13.05.2013 19:43)           X.I. Karbaxal Garate O’zbekiston - Ispaniya munosabatlarini yanada chuqurlashtirish istiqbollari to’g’risida (13.05.2013 18:05)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Dunyo nigohi
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, ma'ruzalar, tabriklar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Madaniyat

O’zbekiston Singapur matbuoti sahifalarida
15.06.2012 19:25
“Jahon”AA, Singapur - Yaqinda Singapurda chop etiladigan ommabop nashrlarda O’zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag’ishlangan qator suratli  maqolalar e'lon qilindi. Xususan, «Sports & Travel» jurnali va sayyohlik bo’yicha ixtisoslashgan «Asian Geographic» jurnali o’z o’quvchilarini O’zbekistonning ulug’vor go’zalligi, beqiyos tabiati, boy tarixiy-madaniy va ma'naviy merosi, shuningdek, o’zbek xalqining mehmondo’stligi bilan tanishtiradi. 

«Sports & Travel»ning yozishicha, so’ngi yillarda O’zbekiston butun dunyo sayyohlarini tobora o’ziga jalb qiluvchi mamlakatga aylanayotir. Boy tarixiy-madaniy meros, ko’plab noyob me'moriy ansambllar bilan bir qatorda go’zal tog’lar va zamonaviy sayyohlik infratuzilmasining mavjudligi O’zbekistonning xalqaro sayyohlik xizmatlari bozorida muhim ustunlikka ega bo’lishini ta'minlaydi.

“O’zbekiston - bu go’zal zaminning qadim tarixiga “sayohat”, Buyuk Ipak yo’lining asosiy chorrahalaridan, buyuk yurishlar kechgan yo’llardan o’tish, moddiy madaniy boyliklar - turli tarixiy davrlar va sulolalardan asrlar osha bizgacha yetib kelgan hashamatli yodgorliklarni o’z ko’zi bilan ko’rish va ularni his qilish uchun noyob imkoniyatlar mamlakatidir”.

Mamlakatimizning betakror tabiatiga to’xtalar ekan, jurnal yurtimiz atrof-muhiti manzaralarini quyidagicha tasvirlaydi: “Tog’ ko’rinishlari, shaffof suvlarning sahro va vohalar osha shildiroq anhorlar uzra oqib kelishi, yorqin yashil rangga burkangan vodiylar va moviy ko’llar. Dunyodagi eng shirin meva va sabzavotlar faqat shu yerda, jazirama Osiyo quyoshi taftida shirin-sharbatga to’lib pishadi”.

Maqolada Buyuk ipak yo’lida joylashgani holda Osiyo va Yevropani birlashtirib turuvchi O’zbekiston o’zining qadim tarixiy-madaniy yodgorliklari va boy madaniyatining o’ziga xosligi bilan dunyoning turli nuqtalaridan kelgan sayyohlarni jalb etayotgani haqida atroflicha ma'lumotlar berilgan. “Bugungi kunda ham O’zbekistonning zamonaviy shaharlari - Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va Toshkent tasavvurimizda sharqona go’zallik va mo’'jizaviylik timsoli sifatida yashayotir”.

«Asian Geographic» jurnali ham hozirgi kunga qadar o’zbek xalqining buyuk ajdodlari , Buyuk Ipak yo’lining ko’plab savdo karvonlari xotirasini o’zida saqlab kelayotgan ko’hna shaharlarimizning hayratlanarli me'morchiligini kishi o’z ko’zi bilan ko’rishi lozimligini alohida ta'kidlaydi.

Shuningdek, O’zbekistonda ekologik, davolanish turizmi va sayyohlikning boshqa turlari muvafaqqiyat bilan rivojlanayotgani ham Singapur nashri tomonidan qayd etilgan. “Xorijlik sayyohlarga Kizilqum va Qoraqum sahrolarida izlanishlar olib borish va otda sayohat qilish, G’arbiy Tyan-Shan tog’larida alpinizm bilan shug’ullanish imkoniyati yaratilgan. O’zbekistonning milliy qo’riqxonalari va dam olish maskanlari ham  sayyohlarni birdek o’ziga jalb etadi. Toshkent va Jizzax viloyatlarining tabiati go’zal joylarida dam oluvchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan maxsus ekologiya hududlari tashkil etilgan.  Bulardan tashqari, mineral buloqlar yonida zamonaviy davolash muassasalari faoliyat yuritadi”.

Jurnal O’zbekistonda dunyodagi deyarli barcha dinlarga oid ko’plab go’zal yodgorliklar mavjud ekanligini ham o’z o’quvchilari e'tiboriga havola qilgan.

Har ikki maqolada “o’zbek xalqining samimiyati va mehmondo’stligidan xorijlik mehmonlar doimo iliq taassurotlar orttirishi, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva singari Ipak yo’li ganjinalarining ulug’vor go’zalligi esa hyech bir insonni befarq qoldirmasligi” alohida qayd etiladi.

Voqea va hodisalar
Mustaqil O’zbekiston – 21 yoshda
2013 yil - Obod turmush yili
8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
“O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiya
Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – 2012
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
Orol dengizi va suv resurslari muammosi
“Navoiy” EIIZ
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà