Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Madaniyat

O’zbekistonning sayyohlik salohiyati Berlinda taqdim etildi
17.01.2012 18:40
«Jahon» AA,  Berlin - Berlin mintaqaviy 4-sayyohlik yarmarkasi doirasida O’zbekiston Respublikasi sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo’lib o’tdi. Marosim  mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan “Wörlitz Tourist” sayyohlik kompaniyasi ko’magida tashkil etildi.

2008 yildan buyon har yili o’tkazib kelinadigan ushbu Berlin mintaqaviy sayyohlik yarmarkasida Berlin va Brandenburg hududida faoliyat ko’rsatadigan sayyohlik firma va kompaniyalari o’z mijozlarini yangi takliflar va sayyohlik yo’nalishlari bilan muntazam tanishtirib boradi. Navbatdagi yarmarkada mintaqaning 70 dan ortiq sayyohlik firma va kompaniyalari ishtirok etdi.

O’zbekiston sayyohlik bozorida yaqinda o’z faoliyatini boshlagan “Wörlitz Tourist” kompaniyasi ushbu yarmarkaning tashkilotchisi hisoblanadi. 2011 yili  mazkur kompaniya sayyohchilarning ikki guruhi uchun  O’zbekiston bo’ylab sayohatni uyushtirgan edi. Joriy yilda ham yana bir necha sayohatchilar guruhining yurtimizga kelib-ketishi rejalashtirilgan.

Germaniya poytaxtida joylashgan Biznes markazining Anjumanlar zalida tashkil etilgan ushbu taqdimot marosimida yarmarka ishtirokchilari va uning ko’p sonli mehmonlari hozir bo’ldilar.  

Tadbir avvalida o’zbek xalqining tarixi, madaniyati va an'analari, respublikaning qadimiy shaharlari hamda me'moriy yodgorliklari, diqqatga sazovor sayyohlik maskanlari, shuningdek, yilning har bir fasli davomida O’zbekistonda mazmunli hordiq chiqarishning keng imkoniyatlari to’g’risidagi atroflicha ma'lumotlar taqdimot marosimi ishtirokchilarining e'tiboriga havola etildi.

O’zbekistonda sayyohlik infratuzilmasining rivoji, taklif etilayotgan sayyohlik yo’nalishlarining rang-barangligi hamda yangi zamonaviy mehmonxonalarni barpo etish, mavjud mehmonxona va sayyohlik majmualarini modernizatsiya qilish yuzasidan respublikamiz hukumati tomonidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ma'lumotlar ham  yarmarka ishida qatnashgan sayyohlik firma va kompaniyalari vakillarida katta qiziqish uyg’otdi.    

 “Wörlitz Tourist” sayyohlik kompaniyasining direktori d-r Ulrix Bastek “Jaxon” AA muxbiri bilan bo’lgan suhbat chog’ida  Berlin mintaqaviy 4-sayyohlik yarmarkasi va unda O’zbekistonning ishtiroki xususidagi fikr-mulohazalarini o’rtoqlashar ekan, Berlinning qoq markazida o’tayotgan ushbu sayyohlik forumida  dunyoning ko’plab mamlakatlari qatori O’zbekiston bo’ylab sayyohlik dasturlarini ham germaniyalik sayohatchilarga taklif etayotganidan mamnuniyat bildirdi.  

 - O’tgan yili O’zbekistonga borib-kelgan sayyohlarimiz sizning go’zal mamlakatingiz - Buyuk Ipak yo’li “ganjinasi” bilan bevosita tanishuvdan juda mamnun ekanliklaridan yaxshi xabardormiz, - dedi u. - Marko Polo kabi buyuk sayyoh izidan Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa ko’hna shaharlarga safar qilayotgan germaniyalik sayyohlar O’zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosidan, do’st o’zbek xalqining ochiq ko’ngilligi va mehmondo’stligidan katta taassurotlar bilan qaytishmoqda.

O’zbekiston Respublikasi sayyohlik salohiyatining taqdimoti mintaqaviy Berlin sayyohlik yarmarkasi doirasida ilk bora tashkil etildi. Shuni ham ta'kidlash joizki, O’zbekiston bo’ylab sayohat  yo’nalishi mazkur kompaniya dasturini o’ziga xos tarzda boyitdi. Shu munosabat bilan mamlakatimiz 2012 yilning maxsus “Madaniyat” katalogi sahifalaridan joy oldi.

- O’zbekistonning katalogimizga kiritilishi mamlakatingizga safar qilish istagida bo’lgan germaniyalik sayyohlar sonini sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi, - deydi “Wörlitz Tourist” sayyohlik kompaniyasining rahbari. - Aminmanki, bugungi taqdimot marosimida qatnashgan ko’pgina ishtirokchilarda O’zbekistonga bo’ylab safar qilish ishtiyoqi tug’ildi. Ularning Buyuk Ipak yo’li bo’yida joylashgan ertakmonand shaharlarga borish orzulari hademay ro’yobga chiqadi. Biz allaqachon 2012 yil uchun go’zallikda betakror o’lkangiz bo’ylab sayohatga borish istagida bo’lgan mijozlarimizning qator buyurtmalarini qabul qilganmiz.

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà