Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Iqtisodiyot

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
31.01.2012 10:17
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining markaziy kengashi Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha harakat dasturini muhokama etish va qabul qilish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish, ushbu sohaning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini yanada oshirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois ham O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2011 yil faoliyati yakunlarini sarhisob qilish, istiqboldagi vazifalarni belgilash hamda Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Mustahkam oila yili, deb e’lon qilingan 2012 yildagi rejalar ijrosini ta’minlash yig‘ilishning asosiy mavzusi bo‘ldi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Alisher Shayxovning ma’lum qilishicha, 2011 yilda Savdo-sanoat palatasi davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli va aniq maqsadli ishlarni amalga oshirdi. Bu borada tadbirkorlik subyektlari uchun ishbilarmonlik muhiti va biznesni yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash, ularga ruxsatnoma olish, kredit-moliya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarida ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirkorlarning, jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida palata tomonidan izchil ishlar amalga oshirildi. Xususan, Savdo-sanoat palatasi vakillari 2011 yilda nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan 700 dan ortiq xo‘jalik subyektlarini tekshirishda qatnashdi. Ularning yakunlari bo‘yicha hisobot davrida tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish yuzasidan sudlarga jami 471,1 milliard so‘mlik 11718 da’vo arizasi kiritildi.

Palata va uning joylardagi tarkibiy bo‘linmalari tomonidan “Mahalla” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan hamkorlikda muntazam ravishda Tadbirkorlar kunlari va boshqa turli muhim tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa idoralar hamkorligida o‘nlab seminarlar, anjumanlar, davra suhbatlari tashkil etildi va ularda o‘n minglab kishi ishtirok etdi.

Xususiy tarmoqqa taqdim etilayotgan axborot va ko‘rsatilayotgan maslahat xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida Savdo-sanoat palatasi “O‘zbekiston biznes-forumi” loyihasi bilan hamkorlikda mamlakatimizning 14 hududida biznesga ko‘maklashish markazlarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdi. Ushbu markazlar faoliyati palataning korporativ tarmog‘i orqali asosiy serverga ulangan elektron terminallardan foydalangan holda, axborot-maslahat xizmatlarini taqdim etishga yo‘naltirilgan. Sirdaryo va Andijon viloyatlarida “Yagona darcha” markazlari muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Endi ularning faoliyati samarasida tadbirkorlik subyektlari qisqa vaqt ichida kam xarajatlar evaziga har qanday ma’lumotga, xususan, biznesda sheriklar topishga oid ma’lumotlarga ega bo‘lmoqda. Tez orada boshqa viloyatlarda ham shunday markazlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Biznes sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2011 yilda Savdo-sanoat palatasi tizimida 8,2 ming nafar tadbirkor o‘qitildi va 4,6 ming nafar tadbirkor qayta tayyorgarlikdan o‘tdi.

O‘tgan yili O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mamlakatimiz tadbirkorlarining xorijiy sheriklar bilan hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi.

Mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada oshirish, mahsulotlarimizning xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli sotilishini ta’minlash maqsadida palata tomonidan o‘zbek tadbirkorlari va xorijiy mamlakatlar ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida 52 kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

Axborot-kommunikatsiya sohasini rivojlantirish palataning o‘tgan yildagi faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri bo‘ldi. Xususan, “SMS-to’lov” elektron naqd pulsiz to‘lov tizimi, 9,2 mingta yirik va kichik ishlab chiqarish korxonasiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron axborot bazasi ishlab chiqildi. Ushbu axborot bazasi palataning asosiy veb-sayt sahifasiga “Savdo maydonchalari”, “Virtual ko‘rgazma” singari bo‘limlar bilan bir qatorda joylashtirilgan.

Palata tomonidan ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilingan loyihalar orasida “Kaydzen” – tejamli ishlab chiqarish tizimini alohida ta’kidlash joiz. Ushbu loyiha O‘zbekistonning 10 korxonasida tatbiq qilindi. Hozirgi kunda yana 3 korxonada mazkur loyihani joriy qilish ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi 2012 yil – Mustahkam oila yilida oilaviy biznesni rivojlantirish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlarini yanada oshirish, mamlakatimizda mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini ko‘paytirish, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik mexanizmini yaratish kabi masalalarni o‘zining ustuvor vazifalari sifatida belgiladi.

O‘zA

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà