Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Iqtisodiyot

“O’zbekiston. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning ravon yo’li”
08.02.2012 11:51
“Jahon” AA, Bryussel - Belgiyada chop etiladigan ommabop «La gazette Diplomatique» jurnalining so’nggi sonida Belgiya Diplomatiya klubining bosh kotibi Leon Vegnezning “O’zbekiston:  Bozor iqtisodiyotiga o’tishning ravon yo’li” sarlavhali maqolasi e'lon qilindi. 

Maqola muallifining qayd etishicha, O’zbekiston mustaqillikka  erishganidan so’ng milliy mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish orqali importni kamaytirishga intilgani holda bosqichma-bosqich harakat tamoyiliga asoslangan iqtisodiy islohotlarni o’tkazishga kirishdi.  Maqolada alohida ta'kidlanishicha, O’zbekiston rahbari tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy taraqqiyotning “o’zbek modeli” bugun bozor iqtisodiyotiga ravon o’tishning yaqqol tasdig’i hisoblanadi.

Maqolaning respublikamiz tarixiy merosiga bag’ishlangan qismi “Boy tarixga ega O’zbekiston”, deya nomlangan. Unda mavjud tarixiy meros paleolit davrida miloddan 500 ming - 1 million yillar muqaddam bu yerlarda hayot paydo bo’lganidan dalolat berishi aytiladi. Maqola muallifi bu yerda asrlar davomida insonlar qay tarzda yashagani, shaharlar qurilgani, davlatlar gullab-yashnagani haqida hikoya qiladi. Uning fikricha, bu go’zal vohada hayot bir lahza ham to’xtamagan va aynan shu zamin Sharqni G’arb bilan bog’lagan Buyuk Ipak yo’li chorrahasi hisoblanadi.

“Buyuk Amir Temur boshqaruvi davrida O’rta yer dengizidan Shimoliy Hindistongacha bo’lgan hududlarni o’z ichiga olgan saltanat gullab-yashnagan. O’zbekiston 1991 yili mustaqillikka erishganidan so’ng o’zbek davlatchiligi tarixida yangi sahifa ochildi”, deb yozadi L.Vegnez.

Muallif, shuningdek, O’rta Osiyo mintaqasining qoq markazida qaror topgan O’zbekistonning jo’g’rofiy joylashuvi, uning hududi, xalqi, iqlim xususiyatlari haqidagi batafsil ma'lumotlarni jurnalxonlar e'tiboriga havola qiladi. L.Vegnezning ta'kidlashicha, O’zbekistonning Samarqand, Buxoro va Xiva singari qadimiy shaharlari haqiqatdan ham Buyuk Ipak yo’lining yuragi hisoblanadi.

O’zbekistonning mustaqillik davridagi iqtisodiy taraqqiyotiga bag’ishlangan alohida bo’limda maqola muallifi yurtimizda mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalashning o’z modeli amalga oshirilayotgani holda, bundan ko’zlangan maqsad uzoq muddatli milliy manfaatlarga erishish bilan izohlanishini qayd etadi. Muallifning fikricha, taraqqiyotning “o’zbek modeli” - boshqaruv va yangi iqtisodiy munosabatlar shakllanishining bozor tizimiga o’tish jarayonlariga evolyutsion yondoshuv, chuqur o’ylangan, bosqichma-bosqich islohotlarni ro’yobga chiqarishdir.

Maqolada ta'kidlanganidek, o’z vaqtida qabul qilingan inqirozga qarshi choralar dasturi tufayli O’zbekiston iqtisodiyoti butun dunyoda sodir bo’lgan global moliyaviy-iqtisodiy inqirozga muvaffaqqiyatli tarzda  qarshi tura oldi.

“Respublikada ishlab chiqilgan va qo’llanilayotgan mazkur inqirozga qarshi choralar dasturi nafaqat jahon inqiroziga qarshi turish va uning oqibatlarini bartaraf etish, balki sanoqli mamlakatlar qatorida iqtisodiy taraqqiyotning barqaror yuqori sur'atlariga erishish imkonini ham berdi. So’nggi yillarda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi qariyb 8,5 foizni tashkil etdiki, bu dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan biridir. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida kichik va o’rta biznesning hissasi ham o’sgani holda ular 24 va 52,5 foizni tashkil etdi”, deb yozadi muallif. Shuningdek, u so’nggi yillarda mamlakat oltin-valyuta zahiralari ham sezilarli darajada o’sganini qayd etadi.

Maqolada alohida ta'kidlanishicha, mustaqillikka erishilganidan keyin O’zbekiston sanoatni faol ravishda rivojlantirish yo’lini tanladi. “Xususan, respublikada GM va MAN singari dunyoga dong’i ketgan  kompaniyalarning zamonaviy yengil va yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Shu tariqa, istiqlol yillarida O’zbekiston dunyodagi yuqori texnologiyaga asoslangan avtomobilsozlikni o’zlashtirgan kam sonli mamlakatlarning safidan joy oldi”, deya o’z fikrini yakunlaydi L.Vegnez.

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà