«Jaxon»AA, Berlin - Kottbus shahrining mintaqaviy kutubxonasida “O’zbekiston - Buyuk Ipak yo’lining sharqona mo’jizasi” mavzusida tanishuv uchrashuvi bo’lib o’tdi. Tadbir Shpreye-Nays muzofotining Oliy xalq maktabi va sharqiy Germaniyadagi yirik sayohat agentliklaridan biri - «Intercontact GmbH» kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda mahalliy sayyohlik kompaniyalari vakillari hamda shu yil kuz oylarida O’zbekistonga borishga tayyorgarlik ko’rayotgan ikkita sayyohlar guruhi ishtirok etdi.
“Intercontract GmbH” sayyohlik kompaniyasi O’zbekiston turizm bozorida 2005 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
Uchrashuv chog’ida ishtirokchilar O’zbekistonning sayyohlik salohiyati va bu sohadagi rivojlanishi, turizm infratuzilmasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va Buyuk Ipak yo’lidagi qayta tiklangani noyob tarixiy yodgorliklar bilan batafsil tanishishdi.
“Intercontact GmbH” kompaniyasi direktori K.Shlimmning fikriga ko’ra, “O’zbekiston o’zining turizm salohiyati tufayli germaniyaliklarda yanada ko’proq qiziqish o’yg’otmoqda. So’nggi yillarda o’zbekistonlik sheriklar bilan to’g’ridan to’g’ri hamkorlik aloqalarimiz rivojlanmoqda. Jahon moliyaviy inqiroziga qaramasdan O’zbekiston borishga bo’lgan qiziqishning ortishi kuzatilmoqda. Ushbu o’lka Markaziy Osiyo hududidagi davlatlar orasida xorijiy sayyohlar eng ko’p keladigan mamlakat bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.”
- Nafaqat bugungi O’zbekistonga, balki mamlakatning tarixi, madaniyati va an'analariga nisbatan ham qiziqish ortib bormoqda, - deya ta'kidladi Kottbusa shahridagi mintaqaviy kutubxona direktori M.Otto. - Ushbu tadbirning aynan mazkur kutubxonada bo’lib o’tayotgani muassasalarimiz mehmonlarida katta qiziqish uyg’otdi. Kitobxonlarimiz O’zbekistonning tarixi, madaniyati va xalqona an'analari haqidagi kitoblardan keng foydalanishmoqda.
Shpreye muzofotining mintaqaviy sayyohlik muassasasi vakillarining qayd etishlaricha, “O’zbekiston haqiqiy bebaho qadimiy merosga egadir. Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlari aslida ochiq osmon ostidagi muzeylar sanaladi. Ushbu shaharlarda bo’lgan xorijiy sayyohlarini har doim o’zbek o’lkasi va xalqi hukmron bo’lgan o’sha tarixiy ruh xayajonga soladi. Shu bilan birga, O’zbekiston o’zida millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikning boy namunalarini namoyon etadi. O’zbek xalqining boy an'analari va mamlakatning ulkan me'moriy obidalari ham bundan dalolat beradi”.
Uchastniki vstrechi vo‘razili zainteresovannost v dalneyshem rasshirenii i uglublenii sotrudnichestva s uzbekskimi partnerami.
Uchrashuv qatnashchilari o’zbekistonlik sheriklari bilan hamkorlikning yanada rivojlanishiga va mustahkamlanishidan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.