Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Iqtisodiyot

Soliqlar farovonlikning yanada oshishiga xizmat qilmoqda
31.01.2012 10:22
Mamlakatimiz iqtisodiyotidagi yuqori o‘sish sur’atlari aholi real daromadlarining yil sayin oshib borishida muhim omil bo‘lmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida qayd etilganidek, 2011 yilda mamlakatimizda ish haqi 20,2 foiz, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foiz o‘sdi.

Ta’kidlash lozimki, bunday iqtisodiy o‘sish ko‘p jihatdan iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan soliq siyosati bilan ham bog‘liq. Davlatimiz rahbarining 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi yana bir muhim hujjatdir.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslarga soliq solish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Habibulla Rahmonov bilan jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq stavkalari hamda bu boradagi imtiyozlar haqida suhbatlashdi.

– Mamlakatimizda soliqlarning rag‘batlantiruvchi xususiyatiga e’tibor kuchaygani samarasida milliy yalpi ichki mahsulotga nisbatan soliq yukining kamayishiga erishilmoqda, – deydi H.Rahmonov. – Xususan, soliq yuki 1991 yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 41,2 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan oqilona soliq siyosati natijasida hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 1991 yilga nisbatan qariyb 2 barobar kamaydi. Jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi ham yildan-yilga pasaytirilayotgani aholi farovonligining tobora yuksalishida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining 2012 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarori bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining quyi stavkasi 2012 yilda 9 foiz etib belgilandi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan bir foiz kam bo‘lib, eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda daromad olayotgan jismoniy shaxslar ushbu stavkada soliq to‘laydi.

Shu bilan birga, jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadlari eng kam oylik ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha bo‘lgan qismini 16 foiz, o‘n baravaridan ortiq qismini esa 22 foiz stavkada soliqqa tortish tartibi saqlab qolindi.

– Jismoniy shaxslar uchun qanday soliq imtiyozlari belgilangan?

– Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishda nafaqat soliq stavkalarining pasaytirilishi, balki aholining ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitini yaxshilash, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imtiyozlar joriy etilayotgani ham o‘zining yuksak samaralarini berayotir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 mayda qabul qilingan “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, yosh oilalarga yakka tartibda uy-joyni qurish va ta’mirlash, ko‘pqavatli uydagi kvartirani sotib olish yoki rekonstruksiya qilish uchun berilgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlarga soliq solinmaydi.

Davlatimiz rahbarining 2009 yil 3 avgustda qabul qilingan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “Qishloq qurilish bank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki kreditlari hisobiga qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibda uy-joy quruvchi shaxslar tomonidan olingan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni qoplash uchun yo‘naltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari ham soliqqa tortilmaydi.

Yana bir muhim jihat. 2009 yil 30 dekabrda Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga binoan, 2010 yil 1 yanvardan boshlab agar fuqarolar soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarini O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiradigan bo‘lsa, ularning ushbu daromadlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yo‘naltiriladigan summalariga nisbatan soliq hisoblanmaydigan bo‘ldi.

Mazkur imtiyozlar bilan birgalikda fuqarolarning xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, shu jumladan yoshlarni jalb etish ham soliq bo‘yicha rag‘batlantirilmoqda. Shu maqsadda 1997 yil 1 apreldan boshlab Prezidentimizning farmoni bilan uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan shaxslar qat’iy belgilangan soliq to‘lashdan ozod etilgan. Xususan, Prezidentimizning 2011 yil 30 dekabrdagi farmoni bilan ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati 2014 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi.

Jismoniy shaxslarning uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramol, parranda, mo‘ynali va boshqa hayvonlar, baliq va hokazolarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda, tabiiy va qayta ishlangan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olinadigan daromadlariga soliq solinmaydi.

– Joriy yildan boshlab jismoniy shaxslar mol-mulkni ijaraga berishi va bundan olgan daromadidan soliq to‘lashi bilan bog‘liq yangiliklar joriy etildi. Shu haqda batafsilroq so‘zlab bersangiz.

– 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, 2012 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olgan daromadlari, jismoniy shaxslardan tekinga olgan ulushlari, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlari, shuningdek, jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari eng kam stavkada soliqqa tortiladigan bo‘ldi.

2012 yil 1 yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan asosiy o‘zgartish va qo‘shimchalardan biri – jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlarini hisobga olish va soliqqa tortishni takomillashtirishga qaratilgan ayrim normalarning amalga kiritilishidir. Jumladan, 2012 yil 1 yanvardan boshlab uy-joylarini ijaraga topshiruvchi jismoniy shaxslar uchun ijaraga berilayotgan uy-joy umumiy maydonidan kelib chiqib, uning har bir kvadrat metriga oylik ijara to‘lovi miqdorining eng kam stavkalari ularning joylashgan joyiga qarab tabaqalashgan holda belgilandi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida – 3 ming so‘m; Nukus shahri va viloyatga bo‘ysunadigan shaharlarda – 2 ming so‘m; boshqa aholi punktlarida – 1 ming so‘m miqdoridagi ijara to‘lovi belgilandi.

Misol uchun, Toshkent shahrida ko‘pqavatli uydagi umumiy maydoni 60 kvadrat metrdan iborat bo‘lgan kvartira ijaraga berilganda, oylik ijara to‘lovi miqdori 180 ming so‘mdan va ijaraga beruvchining deklaratsiya asosida hisoblanadigan daromad solig‘i 16,2 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim. Agar ijaraga berilgan bunday turar joy Nukus shahri va viloyat bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda joylashgan bo‘lsa, u holda ijaraga beruvchining deklaratsiya asosida to‘laydigan oylik daromad solig‘i summasi 10,8 ming so‘mdan, boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa, 5,4 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi lozim.

Agar fuqaro tomonidan uy-joy ijarasidan olingan daromadi bo‘yicha taqdim etgan deklaratsiyasida hisoblangan daromad solig‘i ijara to‘lovining eng kam stavkasidan kelib chiqib hisoblangan soliq summasidan yuqori bo‘lsa, u holda ushbu daromad solig‘i budjetga to‘lanishi lozim.

Shuni alohida qayd etish lozimki, 2012 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolar tomonidan binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish jarayonida ijara shartnomasi tuzilishi va notarial tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Aks holda bu holat ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Chunki O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yangi 1591-modda kiritildi. Ushbu moddaga muvofiq, fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud ijaraga berish shartnomasining majburiy notarial tasdiqlanishiga rioya qilmaslik – eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Soliq stavkalarining pasaytirib borilayotganiga qaramasdan budjetga soliq tushumlarining o‘sishi tendensiyasi saqlab qolinmoqda. Bu mamlakatimiz rivoji, xalqimiz farovonligining muhim omilidir. Zero, davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mamlakatimizning 2012 yil uchun tasdiqlangan Davlat budjeti jami xarajatlarining 60 foizdan ortig‘ini ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zA

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà