Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Prezident Islom Karimov Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichsni qabul qildi (16.05.2013 19:46)           O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (16.05.2013 20:02)           O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlandi (16.05.2013 18:51)           Opera va balet san’ati bayrami (16.05.2013 18:08)           Neft-gaz forumi yakunlandi (16.05.2013 18:05)           Prezident Norvegiya Qirolini tabrikladi (16.05.2013 13:51)           Senatda uchrashuv (15.05.2013 18:39)           Yaponiyada o’zbek milliy liboslari ko’rgazmasi (15.05.2013 18:27)           O‘zbekistonda Yevropa kunlari (15.05.2013 10:27)           Jahon madaniyatlari birlashgan Registon (14.05.2013 19:23)           O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatlari Hindistonda taqdim etildi (14.05.2013 18:30)           O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi ulkan salohiyati (14.05.2013 17:29)           Paragvay Prezidentiga qutlovlar (14.05.2013 16:24)           Energetika ko‘rgazmasi ish boshladi (13.05.2013 19:43)           X.I. Karbaxal Garate O’zbekiston - Ispaniya munosabatlarini yanada chuqurlashtirish istiqbollari to’g’risida (13.05.2013 18:05)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Dunyo nigohi
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, ma'ruzalar, tabriklar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Iqtisodiyot

Venada O’zbekiston - Avstriya biznes anjumani bo’lib o’tdi
30.05.2012 11:30
“Jahon” AA, Vena - Yaqinda Venada ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida O’zbekiston - Avstriya biznes anjumani bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasining Avstriyadagi diplomatiya vakolatxonasi tomonidan Avstriya iqtisodiy palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o’rnatish va yurtimizda qo’shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirgan Avstriya va O’zbekiston kompaniyalarining rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Avstriya iqtisodiy palatasi rahbariyati va Avstriya kompaniyalarining vakillari ishtirok etgan “onlayn” video-anjumani ham tashkil etildi.

Dori-darmon, to’qimachilik, mashinasozlik sanoati, qishloq xo’jaligi singari qator ishlab chiqarish sohalaridagi ixtisoslashgan davlat va xususiy kompaniyalarining vakillaridan iborat O’zbekiston delegatsiyasi tomonidan ishlab chiqarish jarayonlariga eng yangi texnologiya va bilimlarni qo’llash yuzasidan avstriyalik sheriklar bilan o’zaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish masalasiga alohida urg’u berildi.

O’zbekiston - Avstriya biznes anjumani doirasida kooperatsiya birjasi ham o’tkazildi.

Avstriya iqtisodiy palatasining mintaqaviy direktori X.Valter ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy munosabatlarda hali foydalanilmagan salmoqli salohiyatning mavjud ekanligini qayd etdi. Uning fikricha, O’zbekiston - Avstriya biznes anjumanlarining o’tkazilishi va iqtisodiy delegatsiyalar almashinuvlari an'anaga aylanib borayotgani holda ular ikki mamlakatning ixtisoslashgan kompaniya va korxonalari o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni yo’lga qo’yish ishiga xizmat qilmoqda.

Avstriyada faoliyat ko’rsatadigan “Xemofarma”  kompaniyasining menejeri M.Kondo so’nggi yillarda O’zbekistonda chorvachilik va parrandachilik majmuini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilganini ta'kidladi. “Bizning kompaniyamiz bu sohada o’zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlik o’rnatishga tayyordir”,  dedi u.

“Apteka Sum Goldennen Rayxsapfel” kompaniyasi direktori X.Kovarik O’zbekiston bilan hamkorlik borasida ijobiy tajribaga ega ekanligini ma'lum qildi. U O’zbekiston ishbilarmon doiralari vakillarining tashrifi avstriyalik hamkasblar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni o’rnatish, Avstriya kompaniyalari tomonidan taklif qilinayotgan “nou-xau” bilan tanishish va qo’shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o’rganish va ro’yobga chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratishini qayd etdi.

Tadbirlar chog’ida Avstriya kompaniyalari O’zbekistonda xorijiy kapital qo’yilmalari uchun yaratilgan imtiyozlar natijasida respublikamizning sarmoyaviy jozibadorligi yil sayin ortib borayotgani to’g’risida yakdil fikr bildirdilar. Bu, Avstriya ishbilarmon doiralari vakillarining qayd etishlaricha, mavjud sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiyalash va O’zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yuksaltirishga ko’maklashishi bilan birga yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish ishiga ham xizmat qiladi.

Voqea va hodisalar
Mustaqil O’zbekiston – 21 yoshda
2013 yil - Obod turmush yili
8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
“O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiya
Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – 2012
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
Orol dengizi va suv resurslari muammosi
“Navoiy” EIIZ
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà