Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
sdfsd   sdfsd
{marquee}
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Sarmoyalar
Parlament hayoti
Jamiyat
Ekologiya
Tibbiyot
Fan va ta‘lim
Texnologiyalar
Turizm
Madaniyat
Sport
Dunyo nigohi
Hujjatlar
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, ma'ruzalar, tabriklar

"Jahon" AA

Tahlil
Matbuot-relizlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Ðåéòèíã@Mail.ru
Ðåéòèíã@Mail.ru



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobi

O’zbekiston jahon moliyaviy inqirozi bo’hronini muvaffaqiyat bilan bartaraf etmoqda
27.04.2009 15:48

Saudiyaning “Al-Jazira” gazetasida “Jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarini bartaraf qilish bo’yicha O’zbekistonning “yo’l xaritasi” sarlavhali maqola e’lon qilindi.

“Al-Jazira” gazetasi kuniga 75 ming nusxada bosilib, Saudiya Arabistoni podshohligining barcha hududlarida, shuningdek Fors ko’rfazi mamlakatlari, Misr va Iordaniyada keng tarqatiladi.

Mazkur maqola O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” kitobi, shuningdek O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2008 yil yakunlariga oid ma’lumotlarning tahlili asosida tayyorlangan.

Unda, xususan, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi O’zbekiston iqtisodiyotiga ham ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatgan bo’lishiga qaramasdan, mamlakat jahon inqirozi bo’hronini nafaqat muvaffaqiyat bilan bartaraf etishga erishmoqda, balki o’tgan 2008 yilni katta ijobiy ko’rsatkichlar bilan yakunlagani ta’kidlanadi.

Maqolada 2008 yilda respublikaning samarali ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid asosli raqamlar keltirilgan. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2008 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida nafaqat jahon inqirozi oqibatida yuzaga keladigan tahdidlarni bartaraf etishga, balki umuman inqirozdan keyingi davrga oid tom ma’nodagi “yo’l xaritasi”ni taqdim etdi, – deyiladi.

“Prezident Islom Karimov o’zining yangi Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” nomli kitobida yuzaga kelgan murakkab sharoitda mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining ustuvor yo’nalishlarini xolis va tanqidiy tahlil asosida belgilab bergan. – deb yozadi “Al-Jazira” gazetasi. – O’zbekiston, global iqtisodiy makonning ajralmas tarkibiy qismi sifatida, iqtisodiyotdagi aniq shart-sharoitlarni inobatga olgan holda 2008 yilning ikkinchi yarmidayoq birinchilardan bo’lib inqirozga qarshi choralar dasturini ishlab chiqishga kirishdi. Dastur nazoratini ta’minlash maqsadida hukumat komissiyasi va hududiy guruhlar tashkil etildi. Inqirozga qarshi choralar dasturida quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar belgilangan:

Birinchidan, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish.

Ikkinchidan, joriy kon’yunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha konkret chora-tadbirlarni amalga oshirish va eksportni rag’batlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratish.

Uchinchidan, qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish.

To’rtinchidan, elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalga oshirish.

Beshinchidan – jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda g’oyat muhim ahamiyatga ega”.

– Bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiyotini jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siridan saqlovchi to’siqning “g’ishtchalari” birdaniga va bugungidek murakkab sharoitda shakllanib qolmagan, – deyiladi Saudiya gazetasida. – O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish bo’yicha tanlagan o’z yo’li ancha avval ishlab chiqilgan. Bugun ushbu yo’lning tamoyillari va mexanizmlari nafaqat mamlakatning uzoq muddatli manfaatlarini, balki ekstremal vaziyatlardan chiqishning kafolatini ham ta’minlamoqda. Shuningdek, jahon inqirozi sharoitida ham.

Chet el sarmoyalari, to’g’rirog’i, ular hajmining izchil ortib borishi, O’zbekiston iqtisodiyotining holatini bundan ham yaxshiroq ifodalaydi: 2007 yil bilan qiyoslaganda 2008 yilda chet el sarmoyalari 46 foizga oshgan, joriy yilda esa ular hajmining yanada ortishi kutilmoqda. Bu esa tarkibiy o’zgarishlarning yanada ortishi, ishlab chiqarish o’sishi, O’zbekiston uchun iqtisodiyotning yangi yetakchi tarmoqlarining yuzaga kelishini anglatadi.

Shuningdek, O’zbekiston iqtisodiy yuksalishining yana bir o’ziga xos ko’rsatkichi hisoblangan aholi bandligining o’sishini ham qo’lga kiritilgan ijobiy natijalar sirasiga qo’shish mumkin: 2008 yilda 661 mingga yaqin yangi ish o’rinlari yaratilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, “Mamlakatda moliya-bank tizimini rivojlantirishga ham alohida muhim e’tibor qaratib kelingan bo’lib, bu sohada olib borilayotgan islohotlar har doim ularning kapitallashuv darajasining oshishini ta’minlashga yo’naltirib kelingan. Bu o’z navbatida O’zbekiston bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi kapital bazasi va likvidligini keskin oshirishga imkon berdi. O’zbekiston banklarining pul mablag’lari va zahiralari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va yangilashga, raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashga yo’naltirildi”.

– Davlatning moliya-iqtisod, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning barcha real tarmoqlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlashga yo’naltirilgan oqilona siyosati, bugungi kunda O’zbekistonga nafaqat banklarni nazorat qiluvchi xalqaro tashkilotlarning muhim talablariga rioya etish bilan bog’liq bo’lgan barcha marralarni zabt etishga, balki jismoniy va yuridik shaxslarning hisob raqamlariga o’z vaqtida xizmat ko’rsatilishini kafolatlashga imkon bermoqda, – deyiladi maqolada. – O’tgan yilning eng muhim yutuqlaridan biri jahonning nufuzli reyting agentliklaridan bo’lgan “Mudis” agentligi tomonidan O’zbekiston bank tizimiga biryo’la uchta syo’nalish, ya’ni, bank-moliya tizimining barqarorligi, milliy valyutada uzoq muddatli depozit reytingi va xorijiy valyutada uzoq muddatli depozit reytingi yo’nalishlari bo’yicha “barqaror” reyting darajasi berilgani bo’ldi. Mazkur agentlik hisobotida ta’kidlanganidek, “Bank tizimi uchun ijobiy baho banklarni nazorat qilish muhiti mustahkamligini, bank tizimining potentsial o’sishini, moliya tizimidagi tarkibiy o’zgarishlar va milliy iqtisodiyotning o’sishini aks ettiradi”.

– O’zbekistonda mavjud bugungi vaziyatning tahlili, eng avvalo, fuqarolar farovonligi va jahon bozorida mamlakat iqtisodiyotning raqobatdoshligini ta’minlashga yo’naltirilgan modernizatsiya qilish va yangilash dasturini davom ettirishning nafaqat asosli, balki ushbu dasturni davom ettirishning hayotiy dolzarb ekanligini yaqqol tasdiqlaydi, – deb yakunlanadi “Al-Jazira” gazetasining maqolasi.

«Jahon» AA
Ar-Riyod

Voqea va hodisalar
Mustaqil O’zbekiston – 23 yoshda
O`zbekiston Respublikàsi Màrkàziy sàylov komissiyasi yangiliklari
O`zbekiston Respublikàsi Markaziy Saylov komissiyasining BAYONOTI
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov boyicha saylov kampaniyani yoritishda mahalliy va chet el jurnalistlarini akkreditatsiya qilish tartibi
Ustuvorliklar: farovonlik va aholini ijtimoiy himoya qilish
BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Ijroiya kengashining 99-sessiyasi
«Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida xalqaro konferensiya (Urganch, 28 – 29 Oktabr 2014)
“Buyuk Ipak Yo’lidagi Sayyohlik” 20-Toshkent Xalqaro Sayyohlik Yarmarkasi
X Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasi
«O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» Xalqaro konferensiyasi (Samarqand 15-16 may 2014)
Buyuk siymolar
2014 yil – Sog’lom bola yili

Ðåêëàìà è êîììåð÷åñêèå ïðåäëîæåíèÿ

Ìåñòî äëÿ Âàøåé ÐÅÊËÀÌÛ

Multimedia
Foto

Hazrati Imom jome` masjidi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Veb resurslar

Tashqi ishlar vazirligi

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà

tourizm