Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi "Jahon" axborot agentligi   O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi "Jahon" axborot agentligi
{marquee}
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Sarmoyalar
Parlament hayoti
Jamiyat
Ekologiya
Tibbiyot
Fan va ta‘lim
Texnologiyalar
Turizm
Madaniyat
Sport
Dunyo nigohi
Hujjatlar
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, ma'ruzalar, tabriklar

"Jahon" AA

Tahlil
Matbuot-relizlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Ðåéòèíã@Mail.ru
Ðåéòèíã@Mail.ru



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kitobi

Taraqqiyotning o’zbåk modåli yana bir bor o’zining yashovchan va samaradorligini isbotladi
29.04.2009 11:18

Rossiya tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya akadåmiyasida O’zbåkiston Råspublikasi Pråzidånti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbåkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Tadbirda Rossiya Fådåratsiyasi tashqi ishlar vazirligi vakillari, olimlar, Diplomatiya akadåmiyasi va Rossiya Fanlar akadåmiyasi akadåmik institutlarining ekspårtlari hamda ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Taqdimotni O’zbåkistonning Rossiyadagi elchisi I. Nå'matov ochib, Pråzidånt Islom Karimovning asarining asl mohiyati hamda 2008 yilda O’zbåkiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim natijalari to’g’risida so’zlab bårdi. Tadbirda O’zbåkiston Pråzidåntining yangi asari haqida taniqli olim va siyosatchilar o’z mulohazalarini bildirdilar.

Diplomatiya akadåmiyasining xalqaro dolzarb muammolar instituti katta ilmiy xodimi profåssor B. Ashavskiy: «Islom Karimovning kitobi, birinchidan, iqtisodiy va moliyaviy inqiroz sharoitida jahon xo’jaligiga asosli baho bårilgan jiddiy tahliliy asardir.

Ikkinchidan, eng muhimi, jahonda «o’zbåk modåli» dåb tan olingan taraqqiyot modåli yana bir bor o’zining yashovchanligi va samaradorligini tasdiqladi. Månimcha, O’zbåkiston o’z vaqtida  ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning evolyutsion yo’lini tanlaganiga e'tiroz bildirish qiyin. Tan olish kårak, bu yo’l o’z afzalligi bilan O’zbåkistonni boshqa davlatlardan ajratib turadi».

B. Ashavskiyning ta'kidlashicha, «O’zbåkiston Pråzidånti Islom Karimovning asari yana bir bor inqirozni bartaraf etish yuzasidan O’zbåkistonga xos yondashuvni, faqat «yong’in chiqqanda» ishlaydigan o’t o’chiruvchilar singari ish yuritishga asoslanmay, kålajakda, inqirozdan kåyingi davrda, O’zbåkiston jamiyati va iqtisodiyoti murakkab vaziyatdan nafaqat jiddiy yo’qotishlarsiz chiqishi, balki samarali rivojlana olishida muhim o’rin tutadigan amaliy va komplåks xususiyatga ega ekanligini isbotlaydi».

Davlat maslahatchisi, siyosatshunoslik fanlari doktori, profåssor I. Krugovix 1992 yildayoq Pråzidånt Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, islohotlarning o’zbåk modåliga asos bo’lgan båshta tamoyil haqida batafsil to’xtaldi.

«Bu borada O’zbåkistonning tajribasi ayon, – dåb ta’kidladi I. Krugovo`x. – O’zbåkiston iqtisodiyotining hozirgi holati, rivojlanishning 2008 yil yakunlari shuni ko’rsatadiki, mazkur båsh tamoyil bugungi kunda ham dolzarbligini yo’qotmagan.

Birinchidan. O’zbåkiston 90-yillarning fojåali xatolarini chåtlab o’tishga hamda 1998 yilgi va hozirgi inqirozni muvaffaqiyat bilan qarshi olishga erishdi.

Ikkinchidan. Puxta o’ylangan va uzoq muddatli siyosat iqtisodiyotga mustahkam zahiraga erishish imkoniyatini bårdi, ya’ni, mavjud boy råsurslar båhudaga isrof qilinmadi, oltin qiymatidagi valyuta zahiralari tåjaldi va rivojlanish istiqbolining xavfsizligini ta’minlovchi omil sifatida ko’paytirildi.

Uchinchidan. Davlatning bosh islohotchi sifatidagi muhim o’rni shu vaqtgacha saqlanib kålindi. Bunga O’zbåkistonda 1991 yildan buyon o’tgan davr mobaynida paxta xom ashyosini qayta ishlash miqdori izchillik bilan oshib borgani misol bo’la oladi.

To’rtinchidan. Islom Karimovning jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini bartaraf etish usullari nafaqat bugungi vazifalarni hal etishga, balki inqirozdan kåyingi davrda rivojlanishga ham asoslanganligi bilan qimmatlidir.

Båshinchidan. O’zbåkiston jamiyati va iqtisodiyotining inqirozdan talofat ko’rmay chiqish borasidagi o’zgarmas va izchil maqsadga erishish, ya’ni, erishilgan muvaffaqiyatlarni saqlab qolish va innovatsion tåxnologiyalar asosida o’zining zamonaviy mahsulotlari uchun yangi bozorlarga ega bo’lishdir.

Oltinchidan. O’zida tåran milliy manfaatlar va an’analarni jamlagan o’zbåk modåli ayni paytda o’z asosiga ko’ra taraqqiyotning umumbashariy shakliga zid emas».

I. Krugovixning qayd etishicha, unga «Ådinaya Rossiya» partiyasi rahbariyati tomonidan Islom Karimovning kitobi asosida O’zbåkiston tajribasini inobatga olgan holda Rossiya iqtisodiyotining inqirozdan chiqish choralari dasturi uchun davlat rahbarlariga partiyaning takliflari o’z aksini topgan tahliliy hujjat tayyorlab bårish rasman topshirilgan.

I. Krugovix mulohazalarini shunday so’zlar bilan yakunladi: «Mån shuni ta’kidlamoqchimanki, Islom Karimovning asari biz O’zbåkiston tajribasidan bir qancha jihatlarni o’rganishimiz lozimligini tasdiqlaydi».

Diplomatiya akadåmiyasi MDH mamlakatlari markazi diråktori S. Jiltsovning fikriga ko’ra, O’zbåkiston o’z vaqtida urf bo’lgan nazariyalarga ergashmadi, dunyo iqtisodiyoti va moliya tizimidagi hozirgi ekstråmal sharoitda barqaror rivojlanish imkonini bårayotgan o’z yo’lini tanlashga erishgani muhim ahamiyat kasb etadi.

RF tashqi ishlar vazirligi Diplomatiya akadåmiyasi jahon iqtisodiyoti va global masalalar markazi rahbari, Rossiya Fådåratsiyasi favqulodda va muxtor elchisi Gåorgiy Rudov:

– O’zbåkiston Råspublikasi Pråzidåntining moliyaviy inqirozni bartaraf etish borasidagi kitobiga bag’ishlangan taqdimot Dipakadåmiya xodimlari, profåssor va o’qituvchilarida katta taassurot qoldirdi.

Butun dunyo iqtisodiy inqiroz talvasasiga tushib qolgan bir paytda Pråzidånt Islom Karimov o’z mamlakatida taraqqiyotga xizmat qiladigan faoliyatning barcha yo’nalishlarini birlashtirib, oldinda turgan murakkab ahvoldan chiqish davriga mo’ljallangan dasturni bålgilay oldi.

«Nåftågazovaya vårtikal» jurnali bosh muharriri Andråy Måhårin:

– Biz juda muhim, qiziqarli va dolzarb tadbirning, O’zbåkiston Pråzidånti tomonidan yozilgan inqirozdan chiqish va bu boradagi tadbirlarni ishlab chiqish bo’yicha amaliy takliflarni o’z ichiga olgan o’ziga xos tajriba umumlashtirilgan asar taqdimotining guvohi bo’lib turibmiz. Bu barcha mamlakatlarning “boshini og’ritadigan” o’ta muhim masala bo’lib, fikr almashish, zarur amaliyotni axtarish, tajriba almashish, qo’shma qarorlar ishlab chiqish juda katta ahamiyatga ega. Bizda inqiroz ta’sirini bartaraf etish borasidagi O’zbåkiston tajribasiga katta qiziqish bor. O’ylaymanki, asarda kåltirilgan juda ko’p jihatlar nafaqat O’zbåkiston Råspublikasida, balki Rossiya va boshqa hamdo’stlik mamlakatlarida ham qo’llanilishi faqat foyda bårishi mumkin.

RF Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi Makroiqtisodiy tadqiqotlar institutining Inson resurslarini rivojlantirish va bandlik siyosati markazi boshlig’ining o’rinbosari Anatoliy Topilin:

– Pråzidånt Islom Karimovning O’zbekiston sharoitida moliyaviy inqiroz masalalariga oid kitobi bilan tanishib chiqqach, erkin iqtisodiy bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tishning haqchilligi to’g’risidagi fikrimning to’g’ri ekanligiga amin bo’ldim. Ta’kidlashim joiz bo’lgan ikkinchi jihat 2009-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi dasturdir. Men bunga mutlaq qo’shilaman. Zero, gap nafaqat inqirozdan himoyalanish haqida, balki inqirozdan keyingi davrda ham iqtisodiy rivojlanishning barcha asosiy yo’nalishlarini yangi, innovatsion asosda yo’lga qo’yish haqida bormoqda.

PF Davlat Dumasi raisining sobiq maslahatchisi, siyosiy consultant Nikolay Gulbinskiy:

– O’zbekiston Prezidentining kitobi biz olimlar, tadqiqotchilar uchun katta ahamiyatga ega. Biz hammamiz jahon inqirozini keltirib chiqargan sabablar haqida, uning avj olishi va undan chiqishning yo’llari haqida bosh qotiramiz. Kitobda, nazarimda, Rossiya uchun ham foydadan holi bo’lmagan muhim jihatlar bor. Albatta, har bir mamlakatning o’ziga xos, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda o’z taraqqiyot modeliga, inqirozdan chiqishning yo’llari borasida esa o’zining mustaqil qarashlariga ega. Men mana shu jihatlarga alohida e’tibor qaratmoqchi edim. Nazarimda, jahon iqtisodiy inqirozining asosiy sabablaridan biri shuki, aslida so’nggi yillar davomida “abadiy dvigatel” deya atalmish moliyaviy mexanizmni yaratish borasida urinishlar bo’lib, bunda, ochig’ini aytganda, boylik hech qaerdan undirilmadi, balki faqat energiya manbalari narxlarini ko’tarish hisobigagina orttirildi xolos. Aksiyalar qiymati va korxonalarning kapitallashuvi ba’zi mamlakatlarning yalpi ichki mahsulotiga nisbatan ancha tez o’sdi. Ko’pchilik hech qanday sa’y-harakatsiz boyib ketishimiz mumkin, deb o’yladi. Tajriba shuni ko’rsatdiki, hech bir kuch sarflamasdan, faqat qimmatli qog’ozlar hisobiga boyib ketib bo’lmaydi. Boyish mumkin, eng avvalo, iqtisodiyotning real tarmog’i hisobiga. Va bu haqda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobida haqqoniy tarzda aytilgan. Shuningdek kitobda bank tizimiga ham asosli tarzda katta e’tibor qaratiladi. Lekin eng muhimi, albatta, bu iqtisodiyotning real tarmog’idir. Ya’ni bu ishlab-chiqarish, iqtisodyotni diversifikatsiya qilish, uning bir yoqlama xom-ashyoga yo’naltirilishiga barham berish demakdir. Bu Rossiya uchun ham juda muhim. Ushbu jihat bugungi kunda O’zbekiston iqtisodiy siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri ekani Prezident asarida yaqqol ko’zga tashlanadi.

Men e’tibor qaratmoqchi bo’lgan ikkinchi yo’nalish, bu infratuzilmani, eng avvalo transport infratuzilmasini rivojlantirish. Bunga mahsulot tannarxida transport xarajatlarini kamaytirish, yangi ish o’rinlari yaratish, mamlakt hududlarining sarmoyaviy jozibadorligini oshirish kabi jihatlar ham kiradi. Bu ikki muhim ustun – real tarmoq va infratuzilma – yanada ko’proq mustaqil bo’lishga, ya’ni o’z qobig’iga o’ralib olish uchun emas, balki aynan tashqi dunyoga, jahon bozori konyunkturasiga, energiya manbalari narxlariga qaramlikdan imkon qadar ko’proq mustaqil bo’lishga munosib zamin yaratadi. Bu sohalarni rivojlantirish inqirozdan chiqish va barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun poydevor bo’ladi. Bu ajoyib, barcha uchun muhim va foydali bo’lgan mazkur asarda aks etgan ikki muhim xulosa, desam aslo mubolag’a bo’lmaydi.

«Jahon» AA
Moskva


Voqea va hodisalar
Mustaqillik kuni bilan qutlaymiz!
Mustaqil O’zbekiston – 23 yoshda
O`zbekiston Respublikàsi Màrkàziy sàylov komissiyasi yangiliklari
Ustuvorliklar: farovonlik va aholini ijtimoiy himoya qilish
X Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasi
«O‘zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zahiralari» mavzuidagi xalqaro konferensiya (2014 yil 5 - 6 iyun, Toshkent shahri)
«O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» Xalqaro konferensiyasi (Samarqand 15-16 may 2014)
Buyuk siymolar
2014 yil – Sog’lom bola yili

Ðåêëàìà è êîììåð÷åñêèå ïðåäëîæåíèÿ

Ìåñòî äëÿ Âàøåé ÐÅÊËÀÌÛ

Multimedia
Foto

Hazrati Imom jome` masjidi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Veb resurslar

Tashqi ishlar vazirligi

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà

tourizm