Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (07.02.2012 12:01)           “O’zbekiston. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning ravon yo’li” (08.02.2012 11:51)           O’zbekiston - Janubiy Koreya: Sinalgan va ishonchli strategik sheriklar (08.02.2012 11:45)           Ukraina delegatsiyasi O‘zbekistonda (07.02.2012 12:04)           «New Straits Times» gazetasi tarixiy va zamonaviy O’zbekiston haqida (07.02.2012 10:01)           Fudan universitetida O’zbekiston taqdimoti (07.02.2012 09:57)           Ulkan jasorat namunasi (05.02.2012 13:07)           Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik (05.02.2012 13:05)           “O’zbekiston uzoq muddatli barqaror taraqqiyotni ta'minlash yuzasidan asosiy maqsad sari ishonch bilan qadam tashlamoqda” (04.02.2012 11:37)           O’zbekistonning sog’liqni saqlash sohasidagi muvaffaqiyatlari haqida BMT rasmiy hujjati tarqatildi (04.02.2012 11:26)           Kitobsevarlar markazi (02.02.2012 16:42)           Kollejdan – ishlab chiqarishga (02.02.2012 16:41)           O‘zbek polvoni xalqaro turnir g‘olibi (31.01.2012 10:52)           Soliqlar farovonlikning yanada oshishiga xizmat qilmoqda (31.01.2012 10:22)           Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida (31.01.2012 10:17)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

F.Jere: “O’zbekistonning ShHTdagi raisligi o’z jo’shqinligi balan ajralib turdi”
29.06.2010 20:03
«Jahon» AA, Parij - Mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasida O’zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi yakunlariga bag’ishlangan brifing bo’lib o’tdi.

Tadbirda Fransiyaning siyosiy, parlament, iqtisodiy, ekspert-tahlilchi va akademik doiralari, xorijiy davlatlar dipmissiyalari, xalqaro tashkilotlar, xususan, YUNESKO vakillari ishtirok etishdi.

Brifing qatnashchilarining e'tibori O’zbekistonning ShHTdagi raisligi davrida erishilgan natijalar, jumladan, ShHT faoliyatining samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan tashkilotning ustivor vazifalarini amalga oshirish borasida qilingan salmoqli ishlarga qaratildi. Ushbu yo’nalishda ShHTning turli tuzilmalari qaror qabul qilish mexanizmlarini optimallashtirish va zamonaviylashtirish, Yangi a'zolarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomning ishlab chiqilishi, Tashkilotning xalqaro aloqalarini rivojlantirish va me'yoriy-huquqiy bazasini mustahkamlash, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash bilan bog’liq tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish, Tashkilotga a'zo davlatlar o’rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi qilingan sa'y-harakatlar sanab o’tildi.

Ishtirokchilar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Toshkentda bo’lib o’tgan ShHT Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida so’zlagan nutqining asosiy mazmuni, xususan, mamlakatimizning afg’on muammosini hal etish borasidagi tashabbuslari, O’zbekistonning jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlari haqidagi qarashlari bilan tanishtirildi.

Marosimda so’zga chiqqan Gavr universiteti professori, siyosatshunos Pyer Shabal O’zbekistonning ShHTdagi raisligini yuqori baholab, bu davrda mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, savdo va sarmoyaviy hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ShHTga a'zo davlatlar o’rtasida energetika, transport va kommunikatsiya, qishloq xo’jaligi, fan va texnika sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilganiga e'tibor qaratdi.

“O’zbekiston tomonidan olib borilgan sa'y-harakatlar evaziga ShHT institutlashtirish va xalqaro siyosatda o’zining munosib o’rnini egallashi borasida ulkan natijalarga erishdi. Toshkent sammitida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta'kidlaganidek, teng huquqli a'zolar hisobiga Tashkilotni kengaytirishga xizmat qiluvchi Yangi a'zolarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomning tasdiqlangani, ASEAN, MDH bilan o’zaro anglashuv memorandumlari qabul qilingani, shuningdek, ShHT va BMT kotibiyatlari o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi Qo’shma deklaratsiya imzolangani ShHTni rivojlantirishning muhim bosqichi bo’ldi.

Tashkilot doirasida amalga oshirilgan ishlar aslida ShHTning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo’lidagi puxta o’ylangan va maqsadli yo’naltirilgan tadbirlar ekanligidan dalolatdir”.

Fransiyaning Strategik tahlil instituti prezidenti, Fransiya Milliy mudofaasi oliy tadqiqotlar instituti direktori o’rinbosari F.Jere ushbu mintaqaviy tashkilotga a'zo davlatlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning aniq maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan kelgusi samaradorligini mustahkamlash borasida faol ish olib borilgan O’zbekistonning ShHTdagi raisligi davri o’zining jo’shqinlik xususiyati bilan ajralib turdi. Shuningdek a'zo davlatlar va kuzatuvchi maqomidagi davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan sa'y-harakatlar ham e'tiborga molikdir.

O’zbekiston raisligi doirasida ushbu tashkilotning xalqaro nufuzini oshirish bo’yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.

O’zbekiston tomonidan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash borasida qabul qilingan choralar muhim sanaladi. Shu o’rinda O’zbekiston rahbarining afg’on muammosini bartaraf etish, xususan, ushbu jarayonda Afg’onistonga qo’shni bo’lgan davlatlarning ishtirok etishi zarurligi hamda afg’on xalqiga aniq maqsadga yo’naltirilgan iqtisodiy yordam ko’rsatish borasidagi tashabbusi o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.

“ShHT makoni o’zida kommunikatsiya aloqalarining ulkan istiqbolga ega bo’lgan bozorini namoyon etmoqda, - deya alohida ta'kidlaydi F.Jere. - Yaqin kelajakda XXRdan boshlanib Markaziy Osiyodan o’tadigan va Yevropagacha yetib boradigan tezyurar poyezdlar bilan ta'minlangan temir yo’lni rivojlantirish loyihasi ko’rib chiqilmoqda. Shu jihatdan men O’zbekiston Prezidentining, XXI asr globallashuv va ulkan almashinuvlar davri bo’ladi, degan fikriga to’la qo’shilaman. Shuning uchun ham zamonaviy kommunikatsiyani rivojlantirish zururligi dolzarb masalaga aylanib bormoqda”.

Voqea va hodisalar
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà