Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

Fudan universitetida O’zbekiston taqdimoti
07.02.2012 09:57
“Jahon” AA, Shanxay - Yaqinda Shanxay ekspertlar hamjamiyati orasida katta e'tiborga sazovor bo’lgan Fudan universitetida O’zbekiston taqdimoti bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan mazkur tadbir mamlakatimizning Shanxaydagi Bosh konsulligi tomonidan tashkil etildi.
 
Taqdimotda Xitoy va O’zbekiston o’rtasidagi do’stona aloqalar qadim o’tmishga borib taqalishi, dunyodagi xalqaro va mintaqaviy vaziyatlar qay darajada o’zgarmasin, Xitoy - O’zbekiston aloqalari hamisha o’suvchan va barqaror ahamiyat kasb etgani hamda bunday omillar o’z navbatida, kattadan-katta muvaffaqiyatlarga erishish imkonini berib kelayotgani bir necha bor ta'kidlandi. Siyosiy sohadagi mamlakatlarimiz o’rtasidagi ishonch, iqtisodiyotdagi o’zaro manfaatli hamkorlik va xavfsizlik sohasidagi yaqin munosabatlar, shuningdek, ikki tomonlama manfaatli bo’lgan masalalar yuzasidan bir-birini qo’llab-quvvatlashlar bu fikrni yaqqol tasdiqlaydi. Tadbirda so’zga chiqqanlar ta'kidlashganidek, hozirgi paytda tomonlar BMT, ShHT va boshqa ko’p tomonlama tuzilmalar doirasida nafaqat mintaqa, balki butun dunyoning tinchligi hamda barqarorligiga salmoqli hissa qo’shib kelayotgani holda yaqin hamkorlikni tobora rivojlantirmoqda.

Fudan universiteti huzuridagi Rossiya va O’rta Osiyo tadqiqotlari markazining direktori Chjao Xuashen o’z so’zida O’zbekiston ko’p asrlarga borib taqaladigan tarixga ega ekanligini qayd etdi. U mamlakat rahbariyatining tarixiy meros, xalqning moddiy va ma'naviy qadriyatlari, islom madaniyati obidalarini saqlash va boyitish yuzasidan amalga oshirayotgan chora-tabdirlariga e'tibor qaratdi. Markaz direktori zamonaviy O’zbekiston hududida dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan ko’plab buyuk olim va mutafakkirlar, davlat va din arboblari yashab ijod qilganini alohida ta'kidladi.

Chjao Xuashen hozirgi bosqichda o’zbek xalqi mustaqillikka  erishilganidan keyingi murakkab davrda siyosiy va iqtisodiy boshboshdoqlikka yo’l qo’ymasdan O’zbekistonni barqaror ravishda rivojlanayotgan davlatlar qatoriga olib chiqqan Prezident Islom Karimov rahbarligi bilan faxrlanishi lozimligini aytdi.

Aynan siyosatning iqtisodiyot ustidan hukmronligiga yo’l qo’ymaslik, islohotlarning falaj qilib davolash usulini rad etish, aholi ijtimoiy jihatdan kuchli himoya qilinishi dolzarbligining ustuvor hisoblanishi bo’yicha asosli harakatlar bugungi O’zbekiston muvaffaqqiyatlarining garovi bo’ldi. Olimning so’zlariga ko’ra, O’zbekiston jahon ommaviy axborot vositalarida ko’pincha Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlarining kengashi, Osiyo Taraqqiyot banki sammiti singari yirik xalqaro tadbirlar muvaffaqqiyatli o’tkaziladigan nufuzli mamlakat sifatida e'tirof etilmoqda.

Xitoy uchun O’zbekiston hamisha ishonch bilan suyanish mumkin bo’lgan yaqin qo’shni diyordir, zero u o’zining burch va majburiyatlariga sodiq ekanligini ko’p marotaba isbotlagan mamlakat hisoblanadi.

Xitoylik ekspertning fikricha, Pekin va Toshkent o’rtasida muammolar va bahsli masalalarning yo’qligi, muhim manfaatlarni o’zaro hisobga olish hamda xalqaro va mintaqaviy maydonda bir-birini qo’llab-quvvatlash, tarixiy mushtaraklik, rasmiy doiralarning o’zaro foydali sheriklikni rivojlantirish yuzasidan ikki tomonlama intilishning mavjudligi kabi qator muhim omillar hisobga olinadigan bo’lsa, har ikki mamlakat ko’p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha ulkan istiqbolga ega ekanligiga shubha yo’q.

Olimning fikr bildirishicha, respublikani modernizatsiyalash bo’yicha kelgusi harakatlarda ham iqtisodiyotga e'tibor qaratish davom ettirilishi maqsadga muvofiq, zero global inqiroz sharoitida aynan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi, xorijiy davlatlar, jumladan, Xitoy bilan hamkorlikni kengaytirishning  omili sifatida xizmat qiladi.

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà