Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
sdfsd sdfsd
Mushtarak olijanob maqsadlar – mustahkam do‘stlik asosi (15.06.2013 00:23)           Polvonlarimiz sovrindorlar safida (18.06.2013 14:26)           O'zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogida o‘ynaydi (18.06.2013 12:46)           Chet ellik investorlar huquq va manfaatlari qonun himoyasida (17.06.2013 21:08)           Hasan Ruhoniyga qutlovlar (17.06.2013 19:05)           “New Straits Times” sahifalarida O’zbekiston mavzusi (17.06.2013 18:49)           Islom Karimov Yelizaveta Ikkinchini tabrikladi (17.06.2013 18:35)           Islandiya Prezidentiga qutlovlar (14.06.2013 19:05)           O’zbekiston Shanxay xalqaro sayyohlik anjumanida (14.06.2013 18:14)           Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga keldi (13.06.2013 18:52)           O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida (13.06.2013 16:02)           Rotterdamda taqdimot marosimi (13.06.2013 15:14)           Islom Karimov Vladimir Putinni tabrikladi (12.06.2013 19:42)           Ijodiy izlanishlar va muloqot maydoni (12.06.2013 18:44)           Buyuk Britaniya delegatsiyasining uchrashuvlari (12.06.2013 17:48)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Dunyo nigohi
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, ma'ruzalar, tabriklar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
10.07.2012 10:54
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

“Mustahkam oila yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari – shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalar fuqarolar yig‘inlarining rahbarlari va xodimlari mehnatini ularning yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatli ishlarni amalga oshirishga, oila institutini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashga, jamiyatda barqarorlik va totuvlikni ta’minlashga qo‘shgan hissasini e’tiborga olgan holda yanada rag‘batlantirish maqsadida:

1. 2012-yilning 1 avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatchilarining mehnatini rag‘batlantirish to‘g‘risida” 1997-yil 13 maydagi PF-1778-son Farmonining mehnat haqi bo‘yicha Yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq rag‘batlantirish koeffitsiyenti sifatida maoshlarga 20 foizli ustama haq o‘rnatilishini nazarda tutuvchi 1-bandining amal qilishi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari lavozimlariga hamda “Mahalla posboni” rahbarlariga nisbatan joriy etilsin.

2. 2012-yilning 1 avgustidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun 12 foiz miqdorida oylik ustama haq o‘rnatilsin.

3. 2012-yilning 1 avgustidan boshlab tarkibida mahallalar tashkil qilinmagan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolarining o‘zini o‘zi boshqarish organlari diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarining lavozim maoshlari mehnat haqi Yagona tarif setkasi bo‘yicha bir razryad oshirilsin.

4. Ushbu Farmonda ko‘zda tutilgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri, 2012-yil 9 iyul

Voqea va hodisalar
Mustaqil O’zbekiston – 21 yoshda
2013 yil - Obod turmush yili
8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
“O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiya
Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – 2012
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
Orol dengizi va suv resurslari muammosi
“Navoiy” EIIZ
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà