Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi jamoasiga (28.01.2012 12:50)           «New Straits Times» gazetasi tarixiy va zamonaviy O’zbekiston haqida (07.02.2012 10:01)           Fudan universitetida O’zbekiston taqdimoti (07.02.2012 09:57)           Ulkan jasorat namunasi (05.02.2012 13:07)           Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik (05.02.2012 13:05)           “O’zbekiston uzoq muddatli barqaror taraqqiyotni ta'minlash yuzasidan asosiy maqsad sari ishonch bilan qadam tashlamoqda” (04.02.2012 11:37)           O’zbekistonning sog’liqni saqlash sohasidagi muvaffaqiyatlari haqida BMT rasmiy hujjati tarqatildi (04.02.2012 11:26)           Kitobsevarlar markazi (02.02.2012 16:42)           Kollejdan – ishlab chiqarishga (02.02.2012 16:41)           O‘zbek polvoni xalqaro turnir g‘olibi (31.01.2012 10:52)           Soliqlar farovonlikning yanada oshishiga xizmat qilmoqda (31.01.2012 10:22)           Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida (31.01.2012 10:17)           Mustaqillik tarixi haqida muhim manba (31.01.2012 09:52)           Xorijlik ekspertlar: «O’zbekiston 2012 yilga ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning munosib ko’rsatkichlari bilan kirdi» (30.01.2012 09:22)           Musiqaning sehrli kuchi xalqlarni birlashtiradi (30.01.2012 09:15)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

Lyuksemburgda “Barkamol avlod yili” davlat dasturi ijrosining taqdimoti
22.07.2010 17:21
«Jahon» AA, Lyuksemburg - Lyuksemburg universitetida O’zbekistonda “Barkamol avlod yili” davlat dasturining amalga oshirilishi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yaratilgan sarmoyaviy muhit hamda mustaqillik yillariga erishgan yutuqlariga bag’ishlangan taqdimot marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir mamlakatimizning Belgiyadagi elchixonasi tomonidan Lyuksemburg moliyaviy texnologiyalar transferti agentligi (MTTA) hamkorligida tashkil etildi. Unda ushbu mamlakatning rasmiy, iqtisodiy va ilmiy doiralari, Tashqi ishlar vazirligi hamda MTTA vakillari qatnashdi.

Taqdimot chog’ida ishtirokchilarga “Barkamol avlod yili” davlat dasturining ijrosi, dekmoratik, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, sarmoyaviy muhit hamda xorijiy samroyadorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida ma'lumot berildi. Tadbirda aynan “Barkamol avlod yili” davlat dasturi doirasida O’zbekiston Bank-moliya akademiyasining tinglovchilari MTTA tomonidan tashkil etilgan o’quv kurslarida ishtirok etishgani qayd etildi.

Marosim qatnashchilarining e'tibori xorijiy sarmoyadorlar va tadbirkorlar uchun mislsiz soliq va bojxona imtiyozlari berilgan “Navoiy” erkin iqtisodiy-industrial zonasi faoliyatiga jalb etildi.

Tadbir doirasida O’zbekiston Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari mamlakatimizning bank-moliya tizimi, jahon iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etish va yengillashtirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarga bag’ishlangan taqdimot marosimini o’tkazishdi.

Ishtirokchilar o’zbek xalqining tarixiy merosi, an'analari hamda O’zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik salohiyatiga katta qiziqish bildirishdi.

Xususan, Lyuksemburg moliyaviy texnologiyalar transferti agentligi milliy dasturlari direktori Jozi Tiiz taqdimot davomida e'tiborga havola etilgan ma'lumotlar O’zbekiston hukumati tomonidan o’sib kelayotgan avlod tarbiyasiga juda jiddiy e'tibor qaratilayotganidan dalolat berishini ta'kidladi. “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida u jumladan, “olib borilayotgan bunday siyosat demokratiya tamoyillariga asoslanib rivojlanayotgan O’zbekiston davlatining porloq kelajagiga bo’lgan ishonchni yanada oshiradi, shuningdek, ushbu mamlakat bank-moliya tizimini rivojlantirish borasida o’zining puxta rejasiga ega va bu ishda yosh avlodga alohida e'tibor qaratilmoqda”, deya ta'kidladi.

- Biz ta'lim va O’zbekistonning bank va moliya tizimi vakillarining malakasini oshirish sohasidagi hamkorligimizning yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyormiz va shunday bo’lishiga ishonamiz. Shu yilning avgust oyida Lyuksemburg universitetida O’zbekiston Bank-moliya akademiyasining o’n nafar tinglovchisi tahsil oladi. O’zbekiston Bank-moliya akademiyasi bilan hamkorligimiz rivojlanib borayotganidan xursandmiz va bank-moliya tizimidagi Yevropa tajribasini o’zbekistonlik do’stlarimiz bilan o’rtoqlashishga tayyormiz. Bizning mutaxassislarimiz tez-tez mamlakatingizga borishib, Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari bilan treninglar o’tkazib kelishadi. Shu ma'noda, muassasalarimiz o’rtasidagi hamkorlik ulkan ahamiyat kasb etadi, - deya yakunladi so’zini J.Tiiz.

Moliya masalalari bo’yicha «Klienbart» konsalting kompaniyasi boshqaruvchisi Paul Kliynbart shu yil aprel oyida O’zbekistonda bo’lgani haqida gapirdi. U o’z safari chog’ida mamlakatimizning bank tizimi vakillari hamda O’zbekiston Bank-moliya akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashishga muyassar bo’lganini aytdi.

- Tinglovchilarning bilim darajasi meni lol qoldirdi. Ularning yoshi hali kichik bo’lishiga qaramay, aksariyati bugungi kunda nafaqat bank tizimida faoliyat yuritishga, balki tegishli boshqarmaning boshlig’i vazifasini ham bajarishga tayyor, - dedi P.Kliynbart. - Shuni mamnuniyat bilan qayd etishni istardimki, O’zbekiston hukumati o’sib kelayotgan avlodga ta'lim va tarbiya berish ishiga katta e'tibor qaratmoqda, mamlakatda yosh avlodning kelgusida jamiyatda o’ziga munosib o’rinni egallashi va Vatanining gullab-yashnashiga o’z hissasini qo’shishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Voqea va hodisalar
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà