Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Prezident Islom Karimov Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichsni qabul qildi (16.05.2013 19:46)           O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (16.05.2013 20:02)           O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlandi (16.05.2013 18:51)           Opera va balet san’ati bayrami (16.05.2013 18:08)           Neft-gaz forumi yakunlandi (16.05.2013 18:05)           Prezident Norvegiya Qirolini tabrikladi (16.05.2013 13:51)           Senatda uchrashuv (15.05.2013 18:39)           Yaponiyada o’zbek milliy liboslari ko’rgazmasi (15.05.2013 18:27)           O‘zbekistonda Yevropa kunlari (15.05.2013 10:27)           Jahon madaniyatlari birlashgan Registon (14.05.2013 19:23)           O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatlari Hindistonda taqdim etildi (14.05.2013 18:30)           O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi ulkan salohiyati (14.05.2013 17:29)           Paragvay Prezidentiga qutlovlar (14.05.2013 16:24)           Energetika ko‘rgazmasi ish boshladi (13.05.2013 19:43)           X.I. Karbaxal Garate O’zbekiston - Ispaniya munosabatlarini yanada chuqurlashtirish istiqbollari to’g’risida (13.05.2013 18:05)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Dunyo nigohi
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, ma'ruzalar, tabriklar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

Madridda bo’lib o’tgan qabul marosimi muhim sanaga bag’ishlandi
10.04.2012 20:17
“Jahon” AA, Madrid - O’zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilgani munosabati bilan Madriddagi “Interkontinental” mehmonxonasida qabul marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda Ispaniyaning siyosiy, ekspert, iqtisodiy va madaniy-gumanitar doiralari, mamlakat jamoatchiligi vakillari, BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) rahbariyati, Madridda akkreditatsiyadan o’tgan xorijiy davlatlar diplomatiya missiyalarining rahbarlari va xodimlari hozir bo’ldilar.

Qabul marosimi ishtirokchilarini qutlar ekan, mamlakatimizning Ispaniyadagi elchisi O’zbekiston - Ispaniya hamkorligining tarixi, bugungi holati va ikki mamlakat o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilgandan buyon o’tgan davr mobaynida erishilgan natijalar xususida atroflicha to’xtaldi. U O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2003 yil yanvar oyida Ispaniyaga buyurgan davlat tashrifi hamda 2009 yil may oyidagi amaliy tashrifi chog’ida ikki tomonlama hamkorlikning mustahkam asosi yaratilganini alohida ta'kidladi. Tadbirda O’zbekiston tomoni Ispaniya bilan o’zaro qiziqish uyg’otadigan barcha sohalardagi an'anaviy do’stona va ko’p qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Marosim chog’i so’zga chiqqan “Patentes Talgo” kompaniyasining vitse-prezidenti Mario Oriol mehmonlarni ushbu muhim sana bilan qutladi. U, shuningdek, “Talgo” kompaniyasi va O’zbekiston o’rtasida o’rnatilgan o’zaro manfaatli hamkorlikdan chuqur mamnuniyat izhor etar ekan, o’tgan yildan buyon Toshkent va Samarqand o’rtasida Ispaniyadan olib borilgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Talgo-250” poyezdlari muntazam qatnayotganini aytdi.

M.Oriol nisbatan qisqa muddat ichida O’zbekiston bilan iliq munosabatlar yuzaga kelgani  va o’z kompaniyasi mamlakatimizdagi temir yo’l qatnovining shakllangan yo’nalishlarini modernizatsiya qilishga o’z hissasini qo’shayotganidan mamnun ekanligi ta'kidladi.

“O’zbekiston va uning xalqi uchun yuqori tezlikdagi temir yo’l harakati yo’nalishini loyihalashtirish va barpo etishda qatnashish Ispaniya va, xususan, “Talgo” uchun sharaf bo’ldi, dedi u. O’zbekiston va Ispaniya o’rtasidagi bunday hamkorlik uzoq yillar davomida bardavom bo’lajagidan umidvormiz”.

Taniqli ispaniyalik siyosatchi, sobiq senator Luis Fraga O’zbekiston va Ispaniya o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganidan buyon o’tgan 20 yil davomida har ikki mamlakat to’g’risidagi, ularning iqtisodiy salohiyati, xalqlarimizning boy madaniy va tarixiy merosi haqidagi bilimlar darajasi oshdi. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasining Madriddagi elchixonasi bilan birgalikda Ispaniya yangi parlamentining deputatlari va senatorlari orasidan O’zbekiston do’stlari guruhini tuzish yuzasidan sa'y-harakatlar olib borilmoqda. Bu kelajakda ikki tomonlama munosabatlarni parlament vakillari va jamoat arboblari darajasida kengaytirish va mustahkamlash imkonini beradi.

“GrupoMos” kompaniyasi prezidenti Antonio Ortega mamlakatlarimiz o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasidan juda mamnun ekanligini bildirar ekan, “Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuv va muzokaralar chog’ida O’zbekistonning ulkan iqtisodiy salohiyatga egaligiga shaxsan ishonch hosil qilganini” alohida ta'kidladi. “Kompaniyamiz O’zbekiston bozorida faoliyat ko’rsatish hamda o’zaro manfaatli savdo-sotiq va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida mamlakatingizda o’z vakolatxonasini ochish arafasida”, dedi A.Ortega.

Qabul marosimi doirasida “O’zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganiga 20 yil” mavzuiga bag’ishlangan suratlar ko’rgazmasi ham namoyish qilindi. O’zbekistonlik yosh dizayner, Ispaniya moda va dizayn akademiyasi bitiruvchisi Kamola Rustamova kolleksiyalari, ya'ni  shoyi, adras, beqasam kabi matolardan foydalangan holda yaratilgan zamonaviy ayollar va erkaklar kiyimlari to’plamining namoyishi ham tadbir ishtirokchilarining alohida e'tiboriga sazovor bo’ldi.

Voqea va hodisalar
Mustaqil O’zbekiston – 21 yoshda
2013 yil - Obod turmush yili
8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
“O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiya
Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – 2012
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
Orol dengizi va suv resurslari muammosi
“Navoiy” EIIZ
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà