Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
sdfsd sdfsd
Mushtarak olijanob maqsadlar – mustahkam do‘stlik asosi (15.06.2013 00:23)           Polvonlarimiz sovrindorlar safida (18.06.2013 14:26)           O'zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogida o‘ynaydi (18.06.2013 12:46)           Chet ellik investorlar huquq va manfaatlari qonun himoyasida (17.06.2013 21:08)           Hasan Ruhoniyga qutlovlar (17.06.2013 19:05)           “New Straits Times” sahifalarida O’zbekiston mavzusi (17.06.2013 18:49)           Islom Karimov Yelizaveta Ikkinchini tabrikladi (17.06.2013 18:35)           Islandiya Prezidentiga qutlovlar (14.06.2013 19:05)           O’zbekiston Shanxay xalqaro sayyohlik anjumanida (14.06.2013 18:14)           Qozog‘iston Prezidenti O‘zbekistonga keldi (13.06.2013 18:52)           O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida (13.06.2013 16:02)           Rotterdamda taqdimot marosimi (13.06.2013 15:14)           Islom Karimov Vladimir Putinni tabrikladi (12.06.2013 19:42)           Ijodiy izlanishlar va muloqot maydoni (12.06.2013 18:44)           Buyuk Britaniya delegatsiyasining uchrashuvlari (12.06.2013 17:48)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Dunyo nigohi
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, ma'ruzalar, tabriklar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

Muhim sanaga bag’ishlandi
14.04.2012 12:23
“Jahon” AA, Tokio - O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining 20 yilligi munosabati bilan mamlakatimizning Tokiodagi elchixonasida  tantanali kecha bo’lib o’tdi. Yaponiyaning “JOMO” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Kunchiqar mamlakat parlamenti a'zolari, Gunma prefekturasining ekspert-tahlil, jamoatchilik va ishbilarmon doiralari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari qatnashdi.

Tadbir chog’ida uning ishtirokchilari o’tgan 20 yil mobaynida O’zbekiston va Yaponiya o’rtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida erishilgan muvaffaqqiyatlar bilan atroflicha tanishdilar.

Tantanali marosim doirasida O’zbekistonning zamonaviy iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati taqdimoti ham bo’lib o’tdi. Shuningdek, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy hududi doirasidagi yangi sarmoyaviy imkoniyatlar, o’zbek xalqining boy madaniy va tarixiy merosi, mamlakatimizda “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini hayotga tadbiq etish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to’g’risidagi ma'lumotlar ham marosim qatnashchilarining e'tiboriga havola qilindi.

Tadbirda so’zga chiqqan Markaziy Osiyo va Kavkaz tadqiqotlari  institutining ijrochi direktori Tetsuji Tanaka mehmonlarni diplomatiya munosabatlarining 20 yilligi hamda insonparvarlik, poklik, go’zallik, oliyjanoblik kabi umuminsoniy qadriyatlarni o’zida mujassam etgan bahor va yangilanish bayrami - Navro’zi olam bilan tabrikladi. Joriy yilning fevralida Toshkentda bo’lib o’tgan ta'lim bo’yicha xalqaro konferensiyadagi ishtiroki xususida to’xtalar ekan, T.Tanaka mamlakatimizda yangi avlodni tarbiyalash va ularga bugungi davr talablari darajasida ta'lim berish borasida olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarning shaxsan shohidi bo’lganini qayd etdi. Shu nuqtai nazardan jamiyatni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish, har bir oila farovonligini oshirish hamda onalar va bolalar salomatligini saqlash tizimini takomillashtirishda mamlakatimizda e'lon qilingan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturining ijrosi alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Yaponiyaning O’zbekiston Respublikasidagi sobiq elchisi, Sukuba universiteti professori Konchi Obata O’zbekiston xalqi kabi yaponlar ham oila farovonligining ahamiyatiga katta e'tibor qaratishini aytdi.

Yaponiyaning O’zbekistondagi elchisi sifatidagi ish tajribasiga tayangan holda K.Obata O’zbekistonning ichki va tashqi siyosatdagi nuqtai nazari to’g’riligini hamda mamlakatimizning xalqaro xavfsizlikni ta'minlashda muhim o’rin tutishini qayd etdi. Uning aytishicha, O’zbekiston bilan teng huquqli hamkorlik Yaponiya tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qoladi.

K.Obata o’zbek xalqini mamlakatlarimiz o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining 20 yilligi bilan tabriklar ekan, o’zaro do’stona munosabatlar va madaniy aloqalar bundan keyin yanada rivoj topajagiga umid bildirdi.

Chuo universiteteti prezidentining maslahatchisi va ijrochi direktori Mamoru Okida fikr bildirganidek, O’zbekistonda jamiyat asosi bo’lmish oila instutinini yanada mustahkamlash, uning huquqiy va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, oilaning jismonan sog’lom, ma'nan yetuk va barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyatini yanada oshirish borasida olib borilayotgan ishlar mamlakatning yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.

O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik mavzusiga to’xtalar ekan, M.Okida xalqlarimizning do’stona munosabatlari tarixi Buyuk Ipak yo’li davriga borib taqalishini qayd etdi. O’zaro “aloqalar tobora rivojlanib kelayotgani asnosida ular tadrijiy ravishda strategik hamkorlikning sifat jihatidan yangi darajasiga ko’tarilayotganini” aytdi.

Gunma prefekturasi hukumatining sayyohlikka ko’maklashish markazi bosh direktori Nobuo Miyadzaki ta'kidlaganidek, O’zbekiston o’zining betakror qadamjolari bilan ham dunyoga mashhur bo’lib, mamlakatimiz bag’rida 4 mingdan ortiq tarixiy va madaniy osori-atiqalar joylashgani va ko’pgina tarixiy yodgorliklar  YUNESKO Umumjahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgani xususida atroflicha to’xtaldi. “Bunday ko’hna va betakror merosning mavjudligi xorijlik sayyohlar e'tiborini o’ziga jalb qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda”, dedi u.

O’zbekiston xalqiga katta muvaffaqqiyatlar tilagan holda N.Miyadzaki o’zbek xalqining madaniyati, tarixi va an'analari bilan yaqindan tanishish, respublikamiz sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida mamlakatimizga safar uyushtirish istagida ekanini ma'lum qildi.

Voqea va hodisalar
Mustaqil O’zbekiston – 21 yoshda
2013 yil - Obod turmush yili
8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
“O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiya
Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – 2012
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
Orol dengizi va suv resurslari muammosi
“Navoiy” EIIZ
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà