Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Prezident Islom Karimov Latviya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichsni qabul qildi (16.05.2013 19:46)           Yaman Prezidentiga qutlovlar (21.05.2013 18:38)           O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori (16.05.2013 20:02)           O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqiyatlari, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag’ishlandi (16.05.2013 18:51)           Opera va balet san’ati bayrami (16.05.2013 18:08)           Neft-gaz forumi yakunlandi (16.05.2013 18:05)           Prezident Norvegiya Qirolini tabrikladi (16.05.2013 13:51)           Senatda uchrashuv (15.05.2013 18:39)           Yaponiyada o’zbek milliy liboslari ko’rgazmasi (15.05.2013 18:27)           O‘zbekistonda Yevropa kunlari (15.05.2013 10:27)           Jahon madaniyatlari birlashgan Registon (14.05.2013 19:23)           O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatlari Hindistonda taqdim etildi (14.05.2013 18:30)           O‘zbekistonning neft-gaz sohasidagi ulkan salohiyati (14.05.2013 17:29)           Paragvay Prezidentiga qutlovlar (14.05.2013 16:24)           Energetika ko‘rgazmasi ish boshladi (13.05.2013 19:43)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Dunyo nigohi
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, ma'ruzalar, tabriklar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

“O’zbekiston iqtidorli, porloq kelajakni qura oladigan yoshlarga egadir”
13.06.2012 09:57
“Jahon” AA - Ma'lumki, mamlakatimizda jismonan sog’lom, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir. Yurtimizda  yoshlarni faol  sog’lom hayot tarziga jalb qilish yuzasidan naqadar keng ko’lamdagi ishlar hayotga tadbiq etilayotgani butun dunyo ko’zi o’ngida ro’y bermoqda. Yaqinda Navoiy shahrida o’tkazilgan va xorijiy mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy doiralarining ko’plab vakillari orasida katta qiziqish uyg’otgan “Umid nihollari - 2012” sport o’yinlarining o’tkazilishi ham bu boradagi ishlarning muvafaqqiyatli natijalaridan biri bo’ldi.

Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolatxonasi direktori Stiv Maknalti sport zamonaviy jamiyatda, ayniqsa, yoshlarning jismonan sog’lom rivojlanishida katta o’rin tutishini qayfd etdi. “Sport bo’sh vaqtning qiziqarli o’tishi, o’zaro do’stona munosabatlar o’rnatilishi, jamoada ishlash ko’nikmasining shakllanishi, tana va ruh salomatligining mustahkamlanishi singari qator maqsadlarga erishishga ko’maklashadi, dedi u. Shu asnoda sport bilan shug’ullanuvchi yoshlar o’zlarida hayotiy va yetakchilik ko’nikmalarini rivojlantira borib, keyinchalik ularni kasbiy yoki ijtimoiy hayotda  qo’llaydilar. Sport bilan shug’ullanadigan yoshlarning hammasi ham olimpiya musobaqalarida ishtirok etmasliklari mumkin, ammo boshqa millionlab o’g’il-qizlar o’z darajalaridagi yo’nalishlarda bellashib, bundan zavq-shavq olishadi, bu esa, shubha yo’qki, ularning hayotini rang-barang qiladi”.

S. Maknalti O’zbekiston aholisining 60 foizini 30 yashargacha bo’lgan yoshlar tashkil etishi va aynan shuning uchun ham yoshlarning har tomonlama rivojlanishi mamlakat kelajagi uchun nihoyatda muhim masala hisoblanishini ta'kidladi. “Hozirgi vaqtda butun dunyoda yoshlarning shiddat bilan o’zgarib borayotgan zamonga moslasha olishga imkon beradigan bilim va ko’nikmalarini tarbiyalash muhim ekanligi tobora yaxshi anglanmoqda. Britaniya Kengashining O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi, Oliy va o’rta-maxsus ta'lim vazirliklari bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlarida men o’quv dasturlarini takomillashtirish, o’qituvchilar tayyorlash va ular malakasini oshirish, ta'limning yangicha uslublarini qo’llashni davom ettirish bo’yicha  tayyorligini ko’rayapman. O’zbekiston yoshlari bilan uchrashgan chog’larimda ularning, ayniqsa, ingliz tilini o’rganish borasidagi qobiliyatlari meni ko’pincha hayratda qoldiradi. Yurtingiz nihoyatda iqtidorli, o’z mamlakati uchun porloq kelajakni qura oladigan yoshlarga egadir”, dedi u.  

Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Londonda bo’lib o’tadigan yozgi Olimpiya o’yinlarida o’zbekistonlik sportchilarning chiqishlarini katta qiziqish bilan kuzatishini ma'lum qildi. S. Maknalti ularning yutuqlari butun mamlakat yoshlari uchun yanada katta rag’bat bo’lishidan umidvor ekanligini aytdi.

Britaniya Kurash uyushmasining bosh kotibi Pol Soyer sportchi va ta'lim sohasi xodimi sifatida yoshlarning sevimli sport turi bilan shug’ullanishlarini rag’batlantiradigan har qanday mashg’ulotni ma'qullashini va qo’llab-quvvatlashini bildirdi.

 “Sport bolalar uchun yoqimli va sog’lom muhitni ta'minlagani holda ularning salomatligini mustahkamlashga, jismoniy mashqlarning afzal ekanligini anglab yetishlariga ko’maklashadi. Sport hayotiy, ijtimoiy ko’nikmalarning rivojlanishida muhim vositadir. Shuning uchun ham, O’zbekiston hukumatining “Umid nihollari” sport o’yinlari singari milliy miqyosdagi loyihalarga sarmoya kiritayotganini ko’rish kishiga alohida mamnuniyat baxsh etadi”, dedi P. Soyer.

O’zbekistonda ta'lim sohasining taraqqiyoti xususida to’xtalar ekan, u O’zbekiston hukumati tomonidan mazkur sohani yanada rivojlantirishga sarflanyotgan vaqt va mablag’ sarmoyalari uzoqni ko’zlagan va oqilona siyosatning tasdig’i hisoblanishini, yaxshi ta'lim-tarbiya esa butun mamlakatning kelajagi uchun juda zarur omil ekanligini qayd etdi.

“Qator yosh sportchi polvonlar,  qolaversa, mamlakatingizning ko’plab iqtidorli talabalari bilan shaxsan tanishish sharafiga muyassar bo’lganim  bois, shuni ishonch bilan ayta olamanki, O’zbekiston sport va ta'lim sohalarida to’g’ri siyosat olib bormoqda. O’zbekiston rahbariyati va xalqiga sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi vazifalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilayman”,  deya o’z fikrini yakunladi P.Soyer.

Voqea va hodisalar
Mustaqil O’zbekiston – 21 yoshda
2013 yil - Obod turmush yili
8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
“O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro konferensiya
Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – 2012
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
Orol dengizi va suv resurslari muammosi
“Navoiy” EIIZ
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà