Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

O’zbekiston - Janubiy Koreya: Sinalgan va ishonchli strategik sheriklar
08.02.2012 11:45
“Jahon” AA, Seul - Yaqinda Janubiy Koreyada nashr etiladigan ommabop jurnallar - «The Korea Times» va «The Korea Post» jurnallari sahifalarida O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o’rtasida diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining 20 yilligiga bag’ishlangan maqola e'lon qilindi.

Rang-barang suratlar bilan bezatilgan mazkur maqolada, asosan, mamlakatlarimiz o’rtasida o’rnatilgan munosabatlarning tarixi qalamga olingan.

Tarixdan ma'lumki, davlatlarimiz o’rtasidagi ikki tomonlama aloqalar rivojiga Koreya Respublikasi birinchilardan bo’lib O’zbekiston mustaqilligini e'tirof etgan kuni - 1991 yil 30 dekabrda asos solingan. Diplomatiya munosabatlari esa 1992 yil 29 yanvarda o’rnatildi. Shundan buyon ikki davlat o’rtasida faol siyosiy muloqotlar davom etib keladi. O’tgan davr ichida oliy darajadagi o’n bitta uchrashuv bo’lib o’tgani ana shu faollikning yaqqol tasdig’idir.

Maqolada qayd etilganidek, tarixan qisqa davr mobaynida O’zbekiston va Koreya Respublikasi siyosiy, savdo-sarmoyaviy va madaniy-gumanitar yo’nalishlardagi o’zaro manfaatli hamkorlik bo’yicha salmoqli tajriba to’pladilarki, bu ikki mamlakat o’rtasida kelajakda ham amalga oshiriladigan  uzoq muddatli loyihalar uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2006 yil mart oyida Koreya Respublikasiga buyurgan davlat tashrifi chog’ida O’zbekiston - Koreya o’rtasidagi ko’p tomonlama munosabatlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga jiddiy turtki bergani holda ularni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqqan muhim hujjat - “Koreya Respublikasi va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi strategik sheriklik to’g’risidagi Qo’shma deklaratsiya” imzolangan edi.

O’zbekiston va Janubiy Koreya bir-birining mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan yondoshuvlarini qo’llab-quvvatlab kelmoqda. O’zbekiston Koreya Respublikasining rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar o’rtasidagi muloqotda faol vositachi rolini mustahkamlagan va uning xalqaro maydondagi nufuzi hamda ta'siri oshishiga xizmat qilgan tadbir - 2010 yil noyabrda Seulda bo’lib o’tgan “katta yigirmalik” sammitining muvaffaqqiyatli natijalarini ma'qulladi.

Maqolada ta'kidlanishicha, O’zbekiston Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni yaratish tashshabuskori sifatida Koreya yarim orolining yadrosiz maqomini qat'iy ravishda qo’llab-quvvatlaydi.

Mamlakatlarimiz parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish sohasida ham katta muvaffaqqiyatlarga erishdilar. 1995 yilda Koreya Respublikasining Milliy Assambleyasida “Koreya-O’zbekiston” do’stlik parlament uyushmasi tashkil etildi. 2005 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida Koreya bilan hamkorlik qilish bo’yicha hamkorlik guruhi o’z faoliyatini boshladi.

Maqolada Janubiy Koreya Prezidenti Li Myon Bakning 2011 yil avgust oyida O’zbekistonga buyurgan davlat tashrifi ko’p qirrali munosabatlarni  yanada rivojlantirish jarayonida muhim bosqich bo’lgani holda mamlakatlarimiz o’rtasidagi strategik sheriklikni yangi amaliy mazmun bilan boyitgani ham alohida qayd etiladi. Tashrif chog’ida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki bergan muhim hujjatlar imzolandi. Erishilgan bitimlar ichida Surgil koni negizida polietilen va polipropilen ishlab chiqarish bo’yicha Ustyurt gaz-kimyo majuasini qurish loyihasi alohida e'tiborga molikdir.

Bundan tashqari, diplomatiya munosabatlari o’rnatilganining 20 yilligi sanasi arafasida O’zbekistonga Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi spikeri Pak Xi Te tashif buyurdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov hamda mamlakatimiz hukumati a'zolari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvlar chog’ida ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash yo’llari muhokama qilingani holda, bu jarayonga ko’maklashish uchun parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirishning muhimligi haqida yakdil fikr bildirildi.

Ma'lumki, 1995 yildan buyon ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o’tkazib kelinadi. Ularning so’nggisi 2011 yilning may oyida Toshkentda bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirlar o’zaro ishonch asosida ikki tomonlama munosabatlarning barcha qirralarini muhokama etish, o’zaro manfaat kasb etadigan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashinish imkoni bermoqda.

Maqolada ikki mamlakat mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari darajasidagi hamkorlik aloqalari muvaffaqqiyatli tarzda amalga oshirilayotgani mavzusi ham qalamga olingan bo’lib, bunday munosabatlar doirasida Toshkent va Seul, Farg’ona va Yongin, Namangan va Songam shaharlari o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risidagi kelishuvlarga erishilgani jurnalxonlar e'tiboriga havola qilinadi.

Muallif savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik kengayishining barqarorlik tamoyilini, shuningdek, mamlakatlarimiz o’rtasidagi ikki tomonlama savdo-sotiq hajmining tobora o’sib borayotganini qayd etar ekan, bu boradagi ko’rsatkich 2010 yilda 1,6 milliard AQSh dollaridan ziyodni tashkil etganini ta'kidlaydi.

O’zbekiston va Koreya Respublikasi tog’-kon, neft-gaz, neft kimyosi, qurilish, avtomobilsozlik, to’qimachilik, qishloq xo’jaligi, shuningdek, energiyani tejash texnologiyalari sohasidagi sarmoyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish uchun keng istiqbolga egadir.

“Bugungi kunda O’zbekistonda 360 ta Janubiy Koreya korxonasi faoliyat yuritayotgan bo’lib, ularning 59 tasi yuz foiz Koreya mablag’i asosida ish olib bormoqda. Ushbu korxonalar, asosan, savdo-sotiq, yengil sanoat, tog’-kon, kimyo, oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, sog’liqni saqlash, sayyohlik va xizmat ko’rsatish sohalariga ixtisoslashgan. O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida 84 ta Janubiy Koreya kompaniyasi vakolatxonalari ro’yxatdan o’tgan”, deya ta'kidlanadi mazkur maqolada.

Shuni ham qayd etish joizki, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlaridan biri “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy hududi doirasidagi loyihalarni ro’yobga chiqarish hisoblanadi. Erkin industrial-iqtisodiy hudud va yuk tashish bo’yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri bo’lgan “Korean Eyr” tomonidan boshqarilayotgan Navoiy shahar aeroportidagi logistika markazi imkoniyatlarining birlashtirilishi yuqori daromadli mahsulotlar ishlab chiqarilishining rivojlanishiga hamda aviatsiya, avtomobil va temir yo’ldan foydalangan holda amalga oshiriladigan yuk tashishning multimodal tizimi orqali tayyor mahsulotlarning dunyo bozoriga tez yetkazib berilishi uchun mutlaqo qulay sharoitlarni yaratadi.

O’zbekiston va Koreya Respublikasi o’rtasidagi hamkorlikning yana bir muhim yo’nalishi - bu yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish hamda   mavjud ana shunday korxonalarni modernizatsiyalash maqsadida mamlakatimizga yuqori innovatsiya texnologiyalarini jalb qilish bilan bog’liq istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdir. Bunday hamkorlik doirasida O’zbekiston yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan va eng ilg’or ilmiy yutuqlarni o’zida mujassam etgan texnologiyalar asosida mahsulot ishlab chiqarishni o’zlashtirdi va jahonning avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatlari safidan joy oldi.

Koreya Respublikasi hukumatining texnikaviy yordami doirasidagi hamkorlik Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) orqali faol rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib, KOIKA dasturi bo’yicha O’zbekiston vazirlik va idoralarining 1240 nafardan ziyod vakili Koreya Respublikasida amaliyot o’tab qaytdi.

Ikki mamlakat o’rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik ham muvaffaqqiyatli tarzda rivojlanib borayotir. Ikki davlat xalqlari o’rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida gumanitar, ta'lim, sayyohlik va sport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Toshkent shahrida Seul parkini tashkil etish to’g’risida kelishuvga erishilgan.

Darhaqiqat, Koreya Respublikasi va O’zbekiston har jihatdan sinalgan va ishonchli strategik sheriklardir. Koreya tomoni iqtisodiyotni hamda ijtimoiy sohani tubdan isloh qilish va chuqur modernizatsiyalash bo’yicha keng ko’lamli milliy dasturlarimiz amalga oshirilishida mamlakatimizni izchil ravishda qo’llab-quvvatlab kelmoqda. Shunday ekan, O’zbekiston Koreya Respublikasi bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga intiladi, zero, bu har ikki mamlakat va xalqning  manfaatlariga birdek javob beradi.

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà