Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi to‘g‘risida axborot
20.01.2012 10:17
19 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2012 yilda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma’ruza qildi.

Davlatimiz rahbarining ma’ruzasida jahonda umume’tirof etilgan rivojlanishning “o‘zbek modeli”ni hamda qabul qilingan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlarini izchil amalga oshirish natijasida, jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan inqirozli holatlarga qaramay, 2011 yilda mamlakat iqtisodiyotini o‘stirishning yuqori sur’atlari barqarorligi va makroiqtisodiy muvozanatlilik ta’minlanganligi qayd etildi.

Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’sirlariga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki singari obro‘li xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar tomonidan yuqori baholanayotganligi alohida ta’kidlandi. Jumladan, Xalqaro valuta jamg‘armasining 2011 yil noyabr oyida mamlakatimizga kelgan missiyasining bayonotida O‘zbekiston izchil o‘sishga erishganligi va global moliyaviy inqirozga qarshi muvaffaqiyatli choralar ko‘rayotganligi qayd etilgan, shuningdek, o‘rta muddatli istiqbolda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlari saqlanib qolishi haqida ijobiy prognoz bildirilgan.

2011 yil yakunlari bo‘yicha mamlakat yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 8,3 foizni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘sishi 6,3 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi o‘sishi 6,6 foizni, aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish hajmi o‘sishi 16,1 foizni tashkil etdi. Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,4 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Inflatsiya darajasi belgilangan prognoz ko‘rsatkichdan oshmadi.

Mamlakatimiz eksport qiluvchi korxonalarining raqobatbardoshlik nuqtai nazaridan ustunliklarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, eksport tarkibini diversifikatsiyalash va mahsulotlarni sotishning yangi tashqi bozorlarini faol o‘zlashtirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlar olib borilishi 2011 yilda eksport hajmi 15,4 foizga o‘sishini, tashqi savdo balansining sezilarli miqdordagi ijobiy saldosini va mamlakat oltin-valuta zaxiralari o‘sishini ta’minladi.

Moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni davom ettirish respublika bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasining yuqori ko‘rsatkichlari saqlanib qolinishini hamda kreditlash ko‘lamlari kengaytirilishini ta’minlamoqda. Hisobot yilida banklarning aktivlari 32,4 foizga o‘sdi. O‘zbekiston tijorat banklarining barqaror va ijobiy rivojlanish prognozi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan ham tasdiqlanmoqda.

Faol investitsiya siyosati amalga oshirilishi hamda iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor investitsiya loyihalari amalga oshirilishi kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirish hajmini 11,2 foizga ko‘paytirish imkonini berdi. 1006 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi, 144 ta yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish tugallandi.

Qishloq joylarda yangi turar joy massivlarini qurish va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish davom ettirildi. 2011 yilda 156 ta qishloq tumanida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining imtiyozli kreditlari hisobiga namunaviy loyihalar bo‘yicha 7,4 mingta uy-joy foydalanishga topshirildi.

“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir keng ko‘lamli ishlar olib borilishi 2011 yil yakunlari bo‘yicha mamlakat yalpi ichki mahsulotida kichik biznes ulushi 2010 yildagi 52,5 foiz o‘rniga 54 foizgacha ko‘payishiga ko‘maklashdi.

2011 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi parametrlarini so‘zsiz bajarish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar qariyb 1 millionta ish o‘rni tashkil etilishini ta’minladi, ularning 68 foizidan ortig‘i qishloq joylarga to‘g‘ri keladi.

Mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruzasida hal etilmagan mavjud muammolarni batafsil va har tomonlama tahlil qildi hamda 2012 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari va yo‘nalishlarini bajarishga qaratilgan dasturiy vazifalarga atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga iqtisodiyotni o‘stirishning yuqori va barqaror sur’atlarini saqlab qolishni, makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashni, shuningdek, iqtisodiyotni izchil isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilash jarayonini jadallashtirish hisobiga mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshirishni ta’minlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish vazifasi qo‘yildi. Transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirishni ta’minlash, qishloqlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish va qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda shu asosda aholi bandligi va farovonligini oshirish masalalarini samarali hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Joriy yilning “Mustahkam oila yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan 2012 yilga belgilangan maqsadlarga erishish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, jamiyatning ma’naviy asoslarini yanada rivojlantirishda oilaning ahamiyatini yuksaltirish, har bir oilaning moddiy farovonligini oshirish muammolarini hal etishda davlat va jamiyat tomonidan e’tibor va g‘amxo‘rlik kuchaytirilishi zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va respublika hududlari rahbarlari so‘zga chiqdilar. Respublika hukumati majlisida qo‘yilgan masalalar muhokamasi yakuni bo‘yicha qaror qabul qilindi. Qarorda 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim vazifalari amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi, habar beradi O‘zA.

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà