Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

“O’zbekiston uzoq muddatli barqaror taraqqiyotni ta'minlash yuzasidan asosiy maqsad sari ishonch bilan qadam tashlamoqda”
04.02.2012 11:37
“Jahon” AA - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma'ruzasi yuzasidan xorijiy mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy va ekspert-tahliliy doiralarining vakillari o’z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.

Sharq sivilizatsiyalari Fransiya milliy instituti professori, siyosatshunos Katrin Pujolning fikricha, Prezident ma'ruzasida o’z ifodasini topgan dalil va raqamlar mamlakatning istiqlol yillari davomidagi izchil iqtisodiy taraqqiyoti va aholi farovonligi darajasining o’suvchanligidan guvohlik beradi.

“O’zbekiston erishgan iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar xalqaro moliya institutlari, jumladan, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan yuqori baholanmoqda. O’zbekistondagi so’nggi 5 yil davomida yiliga o’rtacha 8,5 foizni tashkil qilgan barqaror iqtisodiy o’sish respublika hukumati tomonidan ishlab chiqilgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz oqibatlari va ularning milliy iqtisodiyotga ta'sirini bartaraf etish bo’yicha taktika va strategiyaning to’g’riligidan dalolat beradi.

Respublikaning bank sohasini rivojlantirishdagi yutuqlarini ham alohida ta'kidlab o’tish lozim, negaki u ketma-ket ikki yil O’zbekiston bank tizimiga “barqaror” reyting bahosini berayotgan “Standart end Purs”, “Mudis” va “Fitch Reytings” kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuksak baholandi.

Fransiya oliy o’quv yurtining vakili sifatida O’zbekiston Rahbariyati tomonidan ijtimoiy-gumanitar soha va ta'limni har tomonlama rivojlantirishga qaratilayotgan katta e'tiborni ham alohida ta'kidlab o’tishni istar edim.

Mamlakatning 2012 yil uchun tasdiqlangan byudjeti jami xarajatlarining 60 foizdan ortig’ini ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga yo’naltirish ko’zda tutilayotgani O’zbekistonda amalga oshirilayotgan dasturlarning salmoqli ijtimoiy asosidan dalolat beradi.

O’zbekistonning ushbu sohadagi eng muhim yutug’i boisi respublikada yuqori malakali va professional tayyorgarlikka ega bo’lgan avlodni tarbiyalashning butun xalqasini qamrab oluvchi yaxlit uzluksiz ta'lim tizimining shakllangani bilan izohlanadi. Mamlakatda o’ziga xos va mos Kadrlar tayyorlash milliy dasturi joriy qilingan. Shu tariqa, ta'limga sarmoya kiritgan holda O’zbekiston o’z kelajagi, barqaror iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy farovonlik yo’lidan odimlamoqda”, deya ta'kidladi ekspert.

“ALEX” kompaniyasi (Fransiya) boshqaruvchisi Fransua Mark qayd etganidek, “Xalqaro valyuta jamg’arasi tomonidan 2012 yilda Yevrohududda a'zo-davlatlar davlat qarzining o’sishi va butun bank-moliya tizimi kredit qobiliyatining keskin pasayishi bashorat qilingan bayonoti sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlanish ko’rsatkichlari alohida e'tiborga loyiqdir”.

“Shubha yo’qki, ijobiy ko’rsatkichlar O’zbekiston hukumati yuritayotgan oqilona makro- va mikroiqtisodiy siyosatning natijasi hisoblanadi. Yetarli darajadagi faol sarmoyaviy faollik va korxonalarni modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash borasida erishilgan salmoqli muvaffaqiyatlar hisobga olgan holda, respublika milliy iqtisodiyotga xorij sarmoyalarini yanada ko’proq miqdorda jalb qilish salohiyatiga ega, degan fikrni ta'kidlashni istar edim. Dunyo iqtisodiyoti uchun murakkab bo’lgan hozirgi vaziyatda kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va fermer xo’jaliklari taraqqiyotini rag’batlantirish yuzasidan ko’rilayotgan chora-tadbirlar ham ijobiy baholanmoqda.

Samarali tarzda yuritilayotgan ijtimoiy siyosat, aholining daromadlari va turmush sharoiti bo’yicha keskin qatlamlashuviga yo’l qo’ymaslik borasida olib borilayotgan ishlar alohida e'tiborga molikdir.

Rossiya Siyosiy kon'yunktura markazining tashqi siyosat bo’yicha eksperti Yevgeniy Boykoning ta'kidlashicha, “O’zbekistonning 2011 yildagi taraqqiyoti ko’rsatkichlari mamlakat tanlab olgan iqtisodiy taraqqiyot modelining yashovchanligini, mamlakatda amal qilayotgan islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalashning evolyutsion dasturi ilmiy jihatdan asoslanganligini yana bir bor tasdiqladi”.

Rossiyalik ekspertning fikricha, O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ma'ruzasida masalaning ijtimoiy jihatiga yetarli jarajada e'tibor qaratiladi: kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlamay turib, eksport bilan shug’ullanadigan korxonalarni rag’batlantirmasdan va xizmatlar sohasini rivojlantirmay turib davlatning inqirozga qarshi chora-tadbirlari kutilgan samarani bermasligi mumkin.

Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti professori Irina Zvyagelskaya esa “O’zbekiston rahbari yil yakunlarini sarhisob qilar ekan, ushbu davr mobaynidagi mamlakat iqtisodiy taraqqiyotiga ob'yektiv baho berdi, erishilgan yutuqlar omillarini ko’rsatdi, shuningdek, ko’rsatkichlar yana ham yuqoriligi ta'minlanishi mumkin bo’lgan sohalar rivojining tanqidiy tahlilini taqdim etdi. O’zbekiston Prezidenti mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining jahon iqtisodiyotida kechayotgan girdobsimon va ko’p ma'noli jarayonlar bilan yaqin aloqadorligini ko’rsatib o’tdi. Ushbu o’zaro bog’liqlik batafsil va aniq ochib berildi.

- Prezident Islom Karimov tomonidan ma'ruzada belgilab berilgan 2012 yilda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlari va birinchi darajali vazifalari 2010 yil noyabrda ilgari surilgan O’zbekistonda “Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish” Konsepsiyasi bilan bog’liq bo’lib, ushbu Konsepsiya respublika ijtimoiy-siyosiy hayotini demokratlashtirish va liberallashtirish borasidagi strategik vazifalarni ifodalaydi, - dedi I. Zvyagelskaya.

Malayziyadagi Osiyo strategiya instituti bosh ijrochi direktori Maylk You O’zbekiston uzoq muddatli barqaror taraqqiyotni ta'minlash bo’yicha bosh maqsad tomon ishonch bilan qadam tashlayotgani barobarida rivojlanish strategiyasida mustahkam iqtisodiy bazani yaratish zaruriyatidan kelib chiqmoqda, deb hisoblaydi.

“O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o’rtacha 8,5 foizga o’sishi, ayniqsa, dunyoning boshqa joylarida mavjud bo’lgan muammolar sharoitida e'tiborga molik jihatdir”, deya ta'kidladi M.You.

“O’zbekiston barqarorligi Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg’armasi, Osiyo taraqqiyot banki kabi nufuzli xalqaro moliya institutlari tomonidan yuqori baholanishi mamlakatning bu yo’nalishdagi siyosati e'tirof etilganidan dalolat beradi”, dedi Malayziya tadqiqot instituti vakili.

Malayziyadagi “Klang” porti Erkin iqtisodiy zonasi ma'muriyati bosh ijrochi direktori Jamil Bidinning so’zlariga ko’ra, O’zbekistonni iqtisodiy va moliyaviy jihatdan oqilona isloh qilish uni jahon mintaqalari hamda Osiyoni Yevropa bilan bog’laydigan submintaqalar o’rtasida, shuningdek, Janubdan Shimolga va aksincha yo’nalishlari bo’yicha joylashgan yirik savdo markaziga aylantirish imkonini beradi.

- Aynan shuning uchun ham Malayziyada O’zbekiston bilan hamkorlikka bo’lgan qiziqish ortib bormoqda, zero tez orada respublika jahon iqtisodiyotining muhim bo’g’inlaridan biriga aylanishini, hozirgi vaqtda u bilan hamkorlikni rivojlantirmasdan esa Malayziya tomoni o’z imkoniyatini qo’ldan boy berishi mumkinligini hamma tushunadi, - dedi erkin iqtisodiy hudud rahbari.

Uning fikricha, O’zbekiston-Malayziya hamkorligi, jumladan, “Klang” porti Erkin iqtisodiy zonasi va “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi istiqbolga egadir.

Malayziyaning Assotsiatsiyalashgan Xitoy savdo-sanoat palatasi ijrochi maslahatchisi Tan Sri Dato Sung Syu Xung, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ma'ruzasi yuzasidan o’z mulohazalarini bayon etar ekan, O’zbekiston iqtisodiyoti yildan-yilga yuqori ko’rsatkichlar bilan, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo’jaligi, xizmatlar sohasi va boshqa yo’nalishlar bo’yicha dinamik o’sishga erishayotganini qayd etdi.

S.Sungning so’zlariga qaraganda, mamlakatning kuchli moliya-pul siyosatini alohida ta'kidlash lozim, negaki ushbu siyosatning ustuvor yo’nalishi banklar kapitallashuvini mustahkamlash, ularning barqarorligi va likvidligini oshirishdan iborat bo’lgani holda, u O’zbekiston bank tizimiga “barqaror” darajasida baho bergan yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan ijobiy baholandi.

- Chuqur o’ylangan davlat siyosati, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik, salmoqli iqtisodiy salohiyat, davlatning jahon hamjamiyatidagi yuksak nufuzi, hukumat, jamiyat va tadbirkorlar muhitining ijtimoiy hamkorligi, xalqning yaratuvchanlikka intilishi va irodasi 2012 yil uchun belgilab olingan taraqqiyot vazifalarni amalga oshirishda shak-shubhasiz muvaffaqqiyatni ta'minlovchi asosiy shartlar hisoblanadi, - dedi malayziyalik ekspert.

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà