Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi "Jahon" axborot agentligi   O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi "Jahon" axborot agentligi
{marquee}
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Sarmoyalar
Parlament hayoti
Jamiyat
Ekologiya
Tibbiyot
Fan va ta‘lim
Texnologiyalar
Turizm
Madaniyat
Sport
Dunyo nigohi
Hujjatlar
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, ma'ruzalar, tabriklar

"Jahon" AA

Tahlil
Matbuot-relizlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Ðåéòèíã@Mail.ru
Ðåéòèíã@Mail.ru



Siyosat

O‘zbekiston-Xitoy: strategik hamkorlik
08.06.2012 09:44



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5-7 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldi.


Xitoyga tashrif asnosida O‘zbekiston Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 12-majlisida ham ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining Xitoyga tashrifi chog‘ida oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy muloqoti ustuvor ahamiyat kasb etdi.

Rasmiy kutib olish marosimidan so‘ng, ya’ni, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangrab, faxriy qorovul harbiy hurmat bajo keltirganidan keyin O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan XXR Raisi Xu Szintaoning uchrashuv va muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida Xu Szintao qadrdon do‘sti – Prezident Islom Karimov bilan yana uchrashib turganidan baxtiyor ekanini ta’kidladi. Xitoy va O‘zbekiston, deb qayd etdi u, birgalikda muhim tarixiy voqeani, mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 20-yilligini nishonlamoqda. Ushbu tashrif ikki tomonlama munosabatlar rivojiga yangi sur’at baxsh etadi. O‘zbekiston rahbari bilan ikki tomonlama munosabatlarga oid va tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar bo‘yicha batafsil fikr almashishga tayyorlik izhor etildi.



Ushbu tashrif, hech mubolag‘asiz, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, uning asnosida mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan keyin o‘tgan yigirma yil davomida ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlarning natijalari sarhisob qilindi.

Davlat rahbarlari tomonidan Strategik hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya imzolangani tashrifning eng muhim natijasi bo‘ldi.

Dunyoning qudratli mamlakatlaridan biri bo‘lgan Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonning yuksalib borayotgan iqtisodiy va siyosiy salohiyati hamda davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan munosabatlar qaror topganini e’tirof etgan holda, o‘zaro munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Mazkur davlatlararo g‘oyat muhim hujjatni tayyorlash va qabul qilish uchun ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari uzoq va samarali ish olib bordi.

Strategik hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyada bayon etilgan qoidalarni samarali amalga oshirish davlatlarimizning tub va uzoq muddatli manfaatlariga mos keladi hamda Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasiga qadimiy tarix va noyob madaniyatga, ulkan salohiyatga ega bo‘lgan buyuk qo‘shni, jahon iqtisodiyoti va global muammolarni hal qilishda haqli ravishda yetakchi o‘rin tutadigan mamlakat sifatida qaraladi.

Mamlakatlarimizning global va mintaqaviy ahamiyatga molik ko‘plab dolzarb, kechiktirib bo‘lmaydigan masalalarga qarashlari va ularni yechishga yondashuvlari o‘xshash va yaqindir.

Xitoy tomoni Xitoy rahbariyatining har tomonlama puxta o‘ylangan va o‘zgarmas siyosiy yo‘li, uning yagona Xitoy, jumladan, Tayvan va Tibet bo‘yicha prinsipial siyosati, “uch yovuz kuch – terrorizm, ekstremizm va ayirmachilik”ka qarshi olib borayotgan murosasiz kurashi O‘zbekiston tomonidan qat’iy va izchil qo‘llab-quvvatlab kelinayotgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Xitoy rahbari tomonidan O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarini barqaror va sog‘lom rivojlantirish jarayonidagi ijobiy tendensiyalarni izchil davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Ikki mamlakat barcha darajalardagi faol muloqotlarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda, o‘zaro siyosiy ishonch mustahkamlanmoqda. Keyingi yillarda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmining qirq baravardan ziyod oshgani uning jadal o‘sayotganidan dalolatdir.

O‘zbekiston rahbarining ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shayotgan buyuk hissasiga yuksak baho berar ekan, XXR Raisi O‘zbekiston yuritayotgan ichki va tashqi siyosatni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi, shuningdek, mamlakatimizning ichki ishlariga har qanday aralashuvlarga qarshi ekanini qayd etdi.

Xu Szintao ikki tomonlama hamkorlikning barcha jihatlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini bayon etdi.

Birinchidan, o‘zaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, hamkor tomon tanlagan taraqqiyot yo‘lini qat’iy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha yaqin hamkorlikda va o‘zaro kelishgan holda ish yuritish.

Ikkinchidan, ishbilarmonlar hamkorligini, savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash, energetika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, noxomashyo va yuqori texnologiyalar sohalariga oid hamkorlik rejasi ijrosini jadallashtirish, birgalikda maxsus iqtisodiy zonalar hamda iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonalarini barpo etish, transport infratuzilmasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash.

Uchinchidan, xavfsizlik sohasida, “uch yovuz kuch”, kontrabanda hamda transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda yaqin hamkorlikni yanada mustahkamlash.

To‘rtinchidan, madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama tashriflar va muloqotlarni, ayniqsa mamlakatlarimiz yoshlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro anglashuv va do‘stlik asoslarini chuqurlashtirish.

O‘zaro hamkorlikning butun mintaqa manfaatlariga mos keladigan asosiy yo‘nalishlaridan biri – transport-kommunikatsiya aloqalarini yanada rivojlantirishdir. Shu nuqtai nazardan tomonlar Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qurilishi loyihasi tezroq amalga oshirilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini bildirdilar. Bu yo‘l XXRdan O‘rta va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eng qisqa transport marshruti yuzaga kelishini ta’minlaydi.

Tomonlar tashrif doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard AQSh dollariga teng qirqdan ziyod savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy bitim va shartnomalar imzolanganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

“Biz doimo O‘zbekistonning sodiq do‘sti va ishonchli hamkori bo‘lib qolamiz”, dedi XXR rahbari uchrashuv yakunida.

Prezident Islom Karimov XXR Davlat kengashi Raisi Ven Szyabao bilan uchrashib, muzokara o‘tkazdi.

Xitoy hukumati rahbari Xitoy O‘zbekistonning suvereniteti va mustaqil taraqqiyotini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlar ekan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil va keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga, O‘zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlariga yuksak baho berdi.

XXR Davlat kengashi Raisi ikki mamlakat rahbarlari tashabbusi bilan tuzilgan Hamkorlik qo‘mitasi va uning tarkibidagi turli yo‘nalishlar bo‘yicha olti quyi qo‘mitaning faoliyati alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Neft-gaz va neft kimyosi, kimyo, tog‘-kon sanoatida, transport va logistika, mashinasozlik, telekommunikatsiyalar sohalarida sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishning istiqboli porloq ekani qayd etildi.

O‘zbekiston va XXR “O‘zbekiston-Xitoy” gaz quvurini barpo etish va undan foydalanish loyihasini amalga oshirishda faol hamkorlik qilmoqda. Ushbu loyiha XXRga uzoq muddatli asosda tabiiy gaz yetkazib berish uchun barqaror tranzit yo‘lagini shakllantirish imkonini beradi.

Transport infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro tashuvlarni tashkil etish sohasida muhim kelishuvlarga erishildi. Xususan, joriy yilning 1-iyulidan Navoiy aviaxabi va Xitoyning Tyanjin aviatsiya xabi o‘rtasida yuk tashish yo‘nalishi ochiladi, parvozlar haftasiga 3-marta amalga oshiriladi. Shuningdek, yaqin vaqtda “Navoiy” aeroporti bilan Xitoyning yirik sanoat markazlari – Shanxay va Guanchjou shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi, Urumchi-Toshkent yo‘lovchi aviareysi ochiladi. Tomonlar, shuningdek, Markaziy Osiyodan Xitoyga gaz yetkazib berish quvvatlarini oshirish bo‘yicha ham kelishuvga erishdilar.

Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, Xitoydagi yetakchi kompaniyalarning O‘zbekistonda Yuksak texnologiyalar sanoat parkini tashkil etishdagi ishtiroki masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shunday qilib, o‘zaro hamkorlikning barcha yo‘nalishlari, avvalambor sarmoyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni tubdan kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy muloqotini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida muhim amaliy qadam qo‘yildi.

Imzolangan hujjatlar uglevodorod xomashyosini qazib olish, transportirovka qilish va qayta ishlash, jahon bozorida talab katta bo‘lgan yangi turdagi kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish sohalarida yangi, keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, elektronika va elektrotexnika, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, farmatsevtika va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi yuqori texnologiyali sohalarda qator loyihalarni hayotga tatbiq etish nazarda tutilgan.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirishdan manfaatdor ekanliklarini yana bir bor ta’kidladilar. Xitoyga uzoq muddatli asosda paxta, uran, tabiiy gaz, rangli va nodir metallar kabi strategik muhim materiallarni yetkazib berish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni rivojlantirish har ikki xalq manfaatlariga xizmat qilishini ta’kidladilar. Ilm-fan va ta’lim sohasi, sog‘liqni saqlash, turizm hamda boshqa qator yo‘nalishlarni qamrab olgan 2010-2013-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etayotir.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashrif doirasida XXR oliy siyosiy rahbariyati vakillari – XXR Raisi o‘rinbosari Si Szinpin, Davlat kengashi Raisi o‘rinbosari Li Ketsan bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi keng ko‘lamli aloqalarning strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarilishi sharoitidagi holati va istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.

Islom Karimov o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar yakunida an’anaviy mehmondo‘stlik va xitoylik hamkorlarning ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga g‘oyat ochiqlik bilan yondashgani uchun minnatdorlik bildirdi. Davlatimiz rahbari “Strategik hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya zamon talabi bo‘lib, ikki tomonlama aloqalarning darajasi va miqyosini to‘la aks ettiradi, munosabatlarni uzoq muddatli istiqbolda yanada kengaytirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi va amaliy omil bo‘lib xizmat qiladi”, deb ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi chog‘ida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining o‘n ikkinchi majlisida ishtirok etdi.

Sammitda mintaqadagi va umuman jahondagi bugungi vaziyat, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar, shuningdek, ShHTni yanada rivojlantirishning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, habar beradi O‘zA.

ShHT faoliyati mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, ShHTga a’zo davlatlarning hamjihatligini yanada chuqurlashtirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Tashkilot faoliyatiga berilgan baho va unga a’zo davlatlarning amaliy hamkorlik shakllarini yanada takomillashtirish borasidagi yondashuvlari ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Uzoq muddatli tinchlik qaror topgan va birgalikda rivojlanadigan mintaqani barpo etish to‘g‘risidagi deklaratsiyasida o‘z ifodasini topgan. Unda, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlarning yangi, adolatli va demokratik, ko‘p qutbli dunyo shakllanishi sharoitida davlatlararo munosabatlarni mustahkamlash masalalariga umumiy yondashuvlari, ularning jahonda tinchlik hukmron yaxlit makon tashkil etishga bo‘lgan intilishlari, o‘z mamlakatlaridagi mavjud sharoitdan kelib chiqib, innovatsion va barqaror taraqqiyot yo‘lidan borishga tayyorligi, umumiy taraqqiyotga o‘z mamlakatini rivojlantirish orqali ko‘maklashishi, shuningdek, buning uchun xalqaro hamkorlik sohasida aniq chora-tadbirlar ko‘rish masalalari belgilangan.

Shanxay hamkorlik tashkilotini o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. Ta’kidlandiki, ShHT mintaqaviy hamkorlikning institutsional asosi yo‘lga qo‘yilgan, barqaror ish olib borayotgan tuzilmaviy organlarga ega bo‘lgan, ochiqlik va hamjihatlik asosida faoliyat yuritayotgan tashkilot bo‘lib, umumiy ravnaq va farovonlik yo‘lida a’zo davlatlar o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Davlat rahbarlari ShHTning mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni tahdid ostida qoldiruvchi vaziyatlarda siyosiy-diplomatik chora-tadbirlar ko‘rish va munosabat bildirishga oid nizomning yangi tahririni, ShHTga a’zo davlatlarning 2013-2015 yillarga mo‘ljallangan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik dasturini tasdiqladilar. Mazkur hujjatlar Tashkilotga a’zo davlatlarning xavfsizlik sohasidagi hamkorligining huquqiy asosini kengaytiradi.

ShHT Taraqqiyot jamg‘armasi (Maxsus hisob) va ShHT Taraqqiyot bankini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholandi.
Davlat rahbarlari Afg‘oniston Islom Respublikasiga ShHT huzuridagi kuzatuvchi, Turkiya Respublikasiga ShHT muloqoti bo‘yicha sherik maqomini berish haqida qaror qabul qildilar.

O‘zbekiston ShHTga Xitoy Xalq Respublikasi raislik qilgan, “Yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik yili” shiori ostida o‘tgan vaqt mobaynidagi erishilgan natijalarga yuksak baho berdi. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda ShHT oldida turgan muhim dasturiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilgani qayd etildi.

Xitoy tomoni XXRning ShHTga raisligi davrida u O‘zbekiston Respublikasi tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanganini yuqori baholadi.

ShHT Xartiyasiga muvofiq, Tashkilotga navbatdagi raislik Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tdi. ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2013-yilda Qirg‘iziston Respublikasida bo‘ladi.

Voqea va hodisalar
Mustaqil O’zbekiston – 23 yoshda
8 Dekabr - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
O`zbekiston Respublikàsi Màrkàziy sàylov komissiyasi yangiliklari
O`zbekiston Respublikàsi Markaziy Saylov komissiyasining BAYONOTI
Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov boyicha saylov kampaniyani yoritishda mahalliy va chet el jurnalistlarini akkreditatsiya qilish tartibi
Ustuvorliklar: farovonlik va aholini ijtimoiy himoya qilish
BMT Butunjahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Ijroiya kengashining 99-sessiyasi
«Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida xalqaro konferensiya (Urganch, 28 – 29 Oktabr 2014)
“Buyuk Ipak Yo’lidagi Sayyohlik” 20-Toshkent Xalqaro Sayyohlik Yarmarkasi
X Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasi
«O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» Xalqaro konferensiyasi (Samarqand 15-16 may 2014)
Buyuk siymolar
2014 yil – Sog’lom bola yili

Ðåêëàìà è êîììåð÷åñêèå ïðåäëîæåíèÿ

Ìåñòî äëÿ Âàøåé ÐÅÊËÀÌÛ

Multimedia
Foto

Hazrati Imom jome` masjidi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Veb resurslar

Tashqi ishlar vazirligi

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà

tourizm