Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Siyosat

O’zbekistonning sog’liqni saqlash sohasidagi muvaffaqiyatlari haqida BMT rasmiy hujjati tarqatildi
04.02.2012 11:26
“Jahon” AA, Nyu-York - Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida BMT Bosh Assambleyasining qaytadan boshlangan 66-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida “O’zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: Sog’lom ona - sog’lom bola” axborot materiali e'lon qilindi. Unda 2011 yil 24-25 noyabr kunlari mamlakatimizda bo’lib o’tgan Toshkent xalqaro simpoziumi haqidagi ma'lumotlar o’z ifodasini topgan.

Hujjatda qayd etilishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu anjuman O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST), BMT Bolalar jamg’armasi (YUNISEF), BMT Aholishunoslik jamg’armasi bilan hamkorilikda o’tkazildi. Simpozium ishida xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillari, AQSh, Xitoy, Rossiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya, Finlyandiya, Shveysariya, Chexiya, Daniya, Janubiy Koreya singari jahonning qariyb 40  mamlakati sog’liqni saqlash vazirliklarining rahbarlari, tibbiyot sohasidagi taniqli olimlar, xalqaro ekspert va tahlilchilardan iborat salkam 300 nafar mutaxassis ishtirok etgani qayd etilgan.

“Ilmiy anjumanning asosiy mavzusi O’zbekistonda mustaqillik yillari davomida aholi sog’ligini, jumladan, ona va bola salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash, sog’lom avlodni voyaga yetkazish, bu borada yagona milliy tizimni yaratish, tibbiyot sohasini tubdan isloh qilish yo’lida amalga oshirilgan tub islohotlar natijalarini chuqur tahlil qilish bilan izohlanadi.

Simpozium doirasida “Zamonaviy bosqichda Yevropa mintaqasida Mingyillik rivojlanish maqsadlarining 4 va 5- bandlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari”ga bag’ishlangan davra suhbati, satellit konferensiyalar, yetakchi olim va mutaxassislarning namunali tibbiyot klinikalari va markazlarida onalik va bolalikning dolzarb masalalari bo’yicha master-klasslari tashkil etildi”, deya qayd etiladi mazkur hujjatda.

O’zbekiston Prezidentining 2011 yil 24 noyabrdagi Farmoniga muvofiq, Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Margaret Chen JSSTning sog’liqni saqlash sohasidagi faoliyatini tashkil etish va birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish, xotin-qizlar va bolalar sog’ligini saqlashning Global strategiyasini amalga oshirish borasidagi ulkan xizmatlari uchun I darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangani hujjatda xabar qilinadi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov Margaret Chenga ushbu yuksak mukofotni topshirdi.

Margaret Chen anjumandagi o’z chiqishida O’zbekistonda sog’liqni saqlash sohasiga, shu jumladan, ona va bola salomatligini muhofaza etishga ulkan e'tibor qaratilayotgani, ushbu soha bosh ustuvor yo’nalish etib belgilangani nafaqat bugungi kun, balki kelajak nuqtai nazaridan ham eng to’g’ri strategiya ekanligini alohida ta'kidladi.

“BMTning 2000 yilda o’tgan Sammitida qabul qilingan Mingyillik rivojanish maqsadlari (MRM) jahon hamjamiyati uchun insonlar turmush darajasi va farovonligini yaxshilash bo’yicha qator muhim vazifalarni belgilab berdi, - dedi o’z chiqishida Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqasi byurosi direktori Jujanna Yakab. - Hujjatning 4 va 5 bandlaridagi maqsadlarga erishish bo’yicha ko’rsatkichlar - bolalar o’limini kamaytirish va onalar salomatligini yaxshilash - muhim omillar hisoblanadi. Bu esa MRM doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatning samardorligidan dalolat beradi. O’zbekistonda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi, erishilgan yutuqlar dunyoning boshqa davlatlari uchun namuna bo’lib xizmat qiladi”.

Simpoziumda so’zga chiqqan ishtirokchilar o’tgan davr mobaynida O’zbekistonda tibbiy xizmatning jahon andozalari darajasidagi o’ziga xos milliy modeli yaratilganini ta'kidladilar. Sifat jihatidan yangi, eng yuksak talablarga javob beradigan, shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish va turli yo’nalishlarga ixtisoslashtirilgan markazlarni qamrab olgan tibbiy muassasalar tarmog’i tashkil etildi. Viloyatlarda kattalar va bolalar uchun ko’p tarmoqli shifoxonalar, yangi tug’ruq majmualari barpo etildi, sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’ini, xususan, qishloq vrachlik punktlarining bazasi mustahkamlandi.

Hujjatda, shuningdek, Toshkent Xalqaro simpoziumining rezolyutsiyasi ham taqdim etilgan bo’lib, unda Toshkent xalqaro simpoziumi ishi yakunlariga ko’ra, O’zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilishning milliy modeli: “Sog’lom ona - sog’lom bola” dasturi taraqqiyot yo’lidagi Global Maqsadlarga erishishdagi eng samarali strategiyalardan biri sifatida tan olinganligi hamda O’zbekistonda onalar va bolalar sog’ligini muhofaza qilish borasida erishilgan salmoqli yutuqlar e'tirof etilganligi ta'kidlanadi.

Ushbu rasmiy hujjat Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi nomiga taqdim etilgan bo’lib, u BMT huzuridagi 192 davlatning missiyalari o’rtasida jahonning olti tilida tarqatildi.


Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà