O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda millatlararo do‘stlik, hamjihatlik va totuvlikni yanada mustahkamlashga, yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga, milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun quyidagilarga faxriy unvon berilsin:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”
Borisov Pavel Mixaylovich- Respublika polyak milliy madaniy markazi faoli, V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi bo‘lim mudiri
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”
Shaxmayev Ravkat Rashidovich – Xorazm viloyati tatar milliy madaniy markazi raisi, Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi qoshidagi “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati raisining o‘rinbosari
Milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarning o‘ziga xosligini saqlash va rivojlantirish, turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik va qardoshlikni mustahkamlash sohasidagi samarali xizmati hamda mamlakatimiz ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Do‘stlik” ordeni bilan
Apostolidu Despina Dimitris – Toshkent shahar grek milliy madaniy markazi faoli, “O‘zbekiston-Gretsiya” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori
Aripova Nazokat Saypitdinovna – Respublika baynalmilal madaniyat markazi axborot-metodik bo‘limi bosh mutaxassisi
Geysin Marina Nikolayevna – Farg‘ona viloyati nemis milliy madaniy markazi raisining o‘rinbosari
Kim Aleksandr Alekseyevich – Navoiy viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi, Navoiy shahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi bosh shifokori
Nasirli Ali Geydar ogli – Sirdaryo viloyati ozarbayjon milliy madaniy markazi faoli, shoir
Raxmonova Adolatxon Qutbidinovna – Andijon viloyati uyg‘ur milliy madaniy markazi raisi, Paxtaobod tumani madaniyat va sport ishlari bo‘limi mudiri
Taganmuratov Muratbay Ashirovich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi turkman milliy madaniy markazi raisi
“Shuhrat” medali bilan
Boyev Narzullo Abdikarimovich – Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani arab milliy madaniy markazi faoli
Istamqulova Mafiratxon Mamajanovna – Namangan viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi
Mironov Sergey Aleksandrovich – Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktorining o‘rinbosari
Tlepov Berdimurat Sabirovich – Respublika baynalmilal madaniyat markazi bo‘lim boshlig‘i
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2012 yil 20 yanvar