21.04.2012 11:15 | Jamiyat Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlashning o‘zbek modeli
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida nodavlat notijorat
tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bugungi
kunda demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy
manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanayotganligi,
fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning
ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi, siyosiy va huquqiy madaniyatini
oshirish uchun sharoit yaratishga, jamiyatda manfaatlar muvozanatini
ta’minlashga ko‘maklashayotganligi alohida ta’kidlangan.
“SOS – O‘zbekiston Bolalar mahallasi” uyushmasining poytaxtimizdagi
filialida “Oilani mustahkamlash va farzandlar kamoli” mavzuida
navbatdagi loyihasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yaqinda Rossiyadagi Rassomlar uyushmalari Xalqaro
konfederatsiyasi ko’rgazmalar birlashmasida “Markaziy rassomlar uyi -
2012. Yo’llar - ko’chalar” deb nomlangan XV Moskva xalqaro san'at
anjumani bo’lib o’tdi.
2 aprel - Xalqaro bolalar kitoblari kuni dunyoning ko’plab
mamlakatlari qatorida O’zbekistonda ham har yili keng nishonlanadi.
Ushbu kunda bolajonlar ishtirokida turli-tuman tadbirlar uyushtirilib,
maktab, litsey va kollejlarda bolalar adiblari bilan uchrashuvlar,
kitoblar ko’rgazmalari hamda bayram dasturlari tashkil etiladi.
Shuningdek, bolalarning ma'naviy dunyosini yanada boyitish mavzusiga
bag’ishlangan anjumanlar va ilmiy-amaliy konferensiyalar ham
o’tkaziladi.
O‘rtachirchiq tumanidagi “Qumovul” qishloq fuqarolar yig‘inida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan
“Tashabbus – 2012” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib
o‘tdi.
Bugun ertalabdan mamlakatimizda qadimiy ana’analarimizdan biri –
umumxalq xayriya hashari boshlandi. Xalqimizning hamjihatligi,
yurtimizdagi tinchlik, farovonlik, millatlararo totuvlikning ifodasi
bo‘lgan ushbu tadbir har bir mehnat jamoasida, qishloq va shaharlarda
uyushqoqlik bilan o‘tmoqda.
Oila hayot abadiyligini, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan, milliy
qadriyatlarimizni kelajak avlodlarga yetkazadigan muqaddas maskandir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar jarayonida oilaning jamiyatdagi o‘rni va rolini
yuksaltirish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muhofazalashga
qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralarini berayotir.
Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida umumta’lim maktablari,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining sport bilan muntazam
shug‘ullanayotgan o‘quvchi-qizlariga Prezident sovg‘asi – zamonaviy
sport kiyimlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
05.02.2012 13:05 | Jamiyat Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik
Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yil 30 dekabrda qabul qilingan
“Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha
soliq imtiyozlari va afzalliklar berish to‘g‘risida”gi qarori milliy
media sohasini tizimli va jadal rivojlantirishda katta imkoniyatlar
yaratmoqda.
02.02.2012 16:42 | Jamiyat Kitobsevarlar markazi
Davlatimiz rahbarining 2006 yil 20 iyunda qabul qilingan “Respublika
aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish
to‘g‘risida”gi qarori asosida Qashqadaryo viloyatida kutubxonalar
faoliyati takomillashtirilib, zamonaviy talablarga javob beradigan
chinakam ma’rifat maskanlariga aylantirilmoqda.
02.02.2012 16:41 | Jamiyat Kollejdan – ishlab chiqarishga
Toshkent aviasozlik kasb-hunar kollejining bir necha o‘quvchilari
“General Motors Powertrain Uzbekistan” qo‘shma korxonasi yopiq
aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimiz kasb-hunar kollejlari
o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning finalida ishtirok etdi. Sinovdan
muvaffaqiyatli o‘tgan yigit-qizlar korxona va kollej bilan uch tomonlama
shartnoma tuzadi.
26.01.2012 18:33 | Jamiyat Seysmik mustahkam qurilish – ilm-fan oldidagi dolzarb vazifa
Istiqlol yillarida mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga
oshirilmoqda. Ko‘rkam ma’muriy binolar, korxonalar, ta’lim muassasalari,
turli ijtimoiy infratuzilma obyektlari, yangi turar joylar barpo
etilmoqda. Bu O‘zbekistonning barcha sohalarda jadal rivojlanayotganidan
dalolatdir.
26.01.2012 18:31 | Jamiyat Ilg‘or texnologiyalar va jamoat tashkilotlari
Prezidentimiz Islom Karimov 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi
ma’ruzasida mamlakatimizda internet tarmog‘i xizmatlaridan
foydalanadigan abonentlar soni o‘sgani, xususan, 9,4 mingdan ziyod
umumta’lim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi “ZiyoNet” elektron
axborot tarmog‘iga ulanganini ta’kidladi.
26.01.2012 18:27 | Jamiyat Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda
Yurtimizda yoshlarning zamon talablari darajasida bilim olishi,
kasb-hunar o‘rganishi hamda egallagan mutaxassisligi bo‘yicha ishga
joylashishi uchun zarur shart-sharoit yaratish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda.
25.01.2012 15:01 | Jamiyat Yoshlarga – oila haqida
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Bo‘stonliq
tumanidagi G‘azalkent kasb-hunar kollejida “Mustahkam oila – jamiyat
poydevori” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.