Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Jamiyat

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lida
25.01.2012 09:58
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik va jamoat tashkilotlarining vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining raisi A.Saidov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini har tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Bu borada mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. Ayni paytda mamlakatimizda besh mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining tashkil etilishi mazkur tashkilotlarni moliyalashtirish manbalarini shakllantirish uchun mustaqil tizim va obyektiv sharoitlar yaratmoqda. Parlament komissiyasi tashkil etilganidan buyon jamoat tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat budjetidan 21 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

2011 yilda bu ko‘rsatkich 5 milliard so‘mni tashkil etdi. Mablag‘lar nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida demokratik talablar, tenglik, ochiqlik, oshkoralik, xolislik tamoyillari asosida taqsimlandi. Davlat subsidiyasi, grantlari, ijtimoiy buyurtmasi shaklidagi loyihalarda 1,3 mingga yaqin jamoat tashkiloti qamrab olindi.

2011 yilda o‘tkazilgan beshta grant tanlovlari asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasanachilikni rivojlantirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, imkoniyati cheklanganlar manfaatlarini himoyalash, barkamol avlodni voyaga yetkazish, atrof-muhit va aholi salomatligini muhofazalash, ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirishga yo‘naltirildi. Tashkil etilgan yarmarkalar, forumlar, mavsumiy maktablarda yoshlarga huquqiy maslahatlar berilib, ularni ishga joylashtirishga yaqindan ko‘maklashildi.

Yig‘ilishda Parlament komissiyasi faoliyati, moliyalashtirilgan loyihalar ijrosi, mablag‘larning maqsadli sarflanishi monitoringi natijalari atroflicha muhokama etilib, joriy yildagi dolzarb vazifalar belgilab olindi.

O‘zA

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà