Kitobsevarlar markazi
02.02.2012 16:42
Davlatimiz rahbarining 2006 yil 20 iyunda qabul qilingan “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida Qashqadaryo viloyatida kutubxonalar faoliyati takomillashtirilib, zamonaviy talablarga javob beradigan chinakam ma’rifat maskanlariga aylantirilmoqda.
Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi kitob fondi 374,5 mingdan oshadi. Markaz xizmatidan 31,8 ming nafardan ortiq kitobxon foydalanayotir. Bu yerda “ZiyoNET” ta’lim tarmog‘idan va axborot-kutubxona markazi bazasidagi elektron resurslardan keng foydalanish imkoniyati mavjud.
O‘zA