Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Jamiyat

Kollejdan – ishlab chiqarishga
02.02.2012 16:41
Toshkent aviasozlik kasb-hunar kollejining bir necha o‘quvchilari “General Motors Powertrain Uzbekistan” qo‘shma korxonasi yopiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimiz kasb-hunar kollejlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning finalida ishtirok etdi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan yigit-qizlar korxona va kollej bilan uch tomonlama shartnoma tuzadi.

– Kollejimiz 1998 yilda tashkil topgan, – deydi ushbu ta’lim muassasasi direktori Qobul Yo‘ldoshev. – Bu yerda o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim standartlariga muvofiq, uchish apparatlari va aviadvigatellarni ta’mirlash, havo kemalari hamda aviadvigatellari, havo kemalarining radiopriborlari, radio va elektr uskunalarini texnik ekspluatatsiya qilish, sanoat korxonalari mashinasozligi texnologiyalari, payvandlangan konstruksiyalarni ishlab chiqarish, kompyuter tarmoqlarini montaj qilish, ishga tushirish hamda ulardan foydalanish, buxgalterlik hisobi, menejment, turli xildagi kiyimlarni modellashtirish va loyihalashtirish kabi 10 yo‘nalish bo‘yicha 3 yil ta’lim oladi. Ayni paytda kollejda 1500 nafar yigit-qiz o‘z tanlagan kasblari bo‘yicha o‘qimoqda va amaliy ko‘nikmalarni qunt bilan egallamoqda.

Bu yerdagi mavjud shart-sharoit, mustahkam moddiy-texnik baza malakali kadrlar tayyorlash imkonini bermoqda va bu ularning ishga joylashishini ancha yengillashtirmoqda. Kollejdagi ikkita o‘quv korpusida o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari, trenajyor zali, 100 mingdan ziyod nusxadagi darslik va boshqa adabiyotlarni o‘z ichiga olgan axborot-resurs markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Zamonaviy kompyuter zalida o‘quvchilar zarur axborot mahsulotlari bilan tanishish va ishlash imkoniga ega.

Bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi va keyinchalik ularni o‘sha joyda ish bilan ta’minlash, “korxona-kollej” hamkorligini mustahkamlash, kollej o‘quvchilarini aniq ish joyiga biriktirish bugungi kundagi muhim vazifalardandir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasida kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, o‘quvchilar uchun kelajakdagi ish joyida amaliyot o‘tashini tashkil etishga doir dolzarb vazifalar belgilab berildi. Bu borada muayyan korxona va ish beruvchilarni kasb-hunar kollejlariga biriktirish, muntazam faoliyat ko‘rsatadigan “korxona-kollej” hamkorligini tashkil qilishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar e’tiborga sazovor.

Kollej rahbariyati shu maqsadda o‘z o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi uchun istiqbolli korxonalarni topish va ikki tomonlama shartnomalar tuzishga katta e’tibor qaratmoqda. Agarda o‘quvchi o‘zining amaliy va nazariy bilimlari, ish qobiliyati va salohiyatini ko‘rsata olsa, korxona bilan uch tomonlama shartnoma tuzish imkoniga ega bo‘ladi. Mazkur o‘quv yilida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tagan 470 bitiruvchining 300 nafardan ortig‘i bilan ana shunday shartnomalar tuzildi.

– Men o‘zim tanlagan kasb bo‘yicha ishlamoqchiman, – deydi 3-bosqich talabasi Murodjon A’zamov. – Metall bilan ishlash, undan konstruksiya va detallar tayyorlashga qiziqaman. Ayni paytda “Toshkent quvur zavodi” qo‘shma korxonasi mas’uliyati cheklangan jamiyatida amaliyot o‘tamoqdaman va keyinchalik shu korxonada ishlash niyatim bor. Maxsus kiyim bilan ta’minlashdi, ish haqi ham ola boshladim. Amaliyot paytida o‘z qobiliyatimni namoyish etganim bois bo‘lsa kerak, shu yerda doimiy ish taklif qilishdi.

Kollejda 88 nafar yuqori malakali o‘qituvchi yigit-qizlarga saboq bermoqda. Ularning 22 nafari ishlab chiqarish ustalaridir.

– Amaliy mashg‘ulotlar ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismidir, chunki ushbu bosqichda nazariya amaliyot bilan uyg‘unlashadi, – deydi katta usta Radion Isanov. – Har bir o‘quvchi uskunalar va dastgohda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun kollejimizda ishlab chiqarish ustaxonalari mavjud. Metallga ishlov berish uchun bir qancha turdagi dastgohlar, kompyuter texnikasi, laboratoriya hamda payvandlash uskunalari sotib oldik va hozirgi kunda yoshlarni yuqori darajada o‘qitish imkoniga egamiz. Endi bitiruvchilarimiz ishlab chiqarish korxonasiga ishga borganda, zamonaviy uskunalarni bemalol ishlata oladi.

O‘quv davomida laboratoriyalar ham katta ahamiyatga ega. O‘quvchilar ularda turli tizim va qurilmalarning ishlash tartibi bilan tanishadi, o‘quv xonalarida esa havo kemalarining ayrim uzel va detallari aks ettirilgan elektron stendlar mavjud.

Kollejda o‘quvchilar elektr texnikasi, materialshunoslik, texnik mexanika kabi umumta’lim va umumtexnik fanlar, shuningdek, maxsus fanlar bo‘yicha bilim olmoqda. Har bir o‘quvchi ishga kirishishdan avval texnika xavfsizligi bo‘yicha ko‘rsatmalar olishi, ish joyi bilan tanishishi lozim. Ularga jamoada hamjihat bo‘lib ishlash ko‘nikmalari o‘rgatiladi.

Kollej jamoasi o‘z ustalari bilan faxrlanadi. Masalan, Jamol Eshmirzayev 2010 yilda metallga ishlov berish bo‘yicha o‘tkazilgan respublika tanlovida “Eng yaxshi ishlab chiqarish ta’limi ustasi” deb topildi va birinchi o‘rinni egalladi.

– Men “General Motors Powertrain Uzbekistan” qo‘shma korxonasi yopiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok etyapman, – deydi 3-bosqich talabasi Sobirjon Karimov. – Ikki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdim va men bilan uch tomonlama shartnoma tuzildi. Amaliyotni ushbu qo‘shma korxonada o‘tayman va buning uchun menga murabbiy biriktirildi. Korxonada nazariy materiallarni yanada puxta o‘zlashtirish uchun o‘quv xonasi tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga yordam berish maqsadida korxonaning tajribali xodimlari ma’ruzalar o‘qimoqda, bizga “Ustoz-shogird” uslubi bo‘yicha o‘z bilim va tajribasini o‘rgatmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bu yo‘nalishdagi ishlar mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadigan barcha kollejlarda amalga oshirilmoqda. O‘rta maxsus ta’lim muassasalari tomonidan yoshlarni kasbga yo‘naltirish, o‘quvchilarning malakasini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Zero, malakali kadrlarni tayyorlash barchaga – kollejga ham, korxonaga ham, o‘quvchining o‘ziga ham faqat foyda keltiradi.

O‘zA

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà