Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Jamiyat

Kunchiqar mamlakat sayyohlarining O’zbekistonga qiziqishi ortmoqda
07.12.2011 11:09
«Jahon» AA, Tokio - Tokioda O’zbekistonning sayyohlik maskanlari va boy madaniy merosi mavzuiga bag’ishlangan taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. U  mamlakatimizning Tokiodagi diplomatiya vakolatxonasi, Yaponiya sayyohlik agentliklari uyushmasi (JATA),”O’zbekiston havo yo’llari”  Milliy aviakompaniyasi vakolatxonasi va «AJT INC» yapon sayyohlik kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. 

Dunyo sayyohlari uchun tashkil qilingan Rishton, Jizzax, Termiz shaharlari bo’ylab yangi sayyohlik yo’nalishlari, milliy  aviakompaniyaning xalqaro va mahalliy miqyosdagi faoliyati, O’zbekistonning tarixiy shaharlari, milliy taomlari hamda yangi  sayyohlik dasturlari to’g’risidagi axborotlar yapon sayyohlik firmalari vakillarida katta qiziqish uyg’otdi.

Taqdimot chog’ida Yaponiya sayyohlik agentliklari uyushmasi (JATA) xalqaro sayohatlar departamentining direktori Toshiaki Shigeta  O’zbekistonning yuksak sayyohlik salohiyati, boy madaniyati, an'analari hamda me'moriy-tarixiy yodgorliklari xorijiy sayyohlarni  o’ziga jalb etayotgan muhim omillar bo’lib xizmat qilayotganini qayd etdi. T.Shigeta bir uchi Yaponiyaning Nara shahrigacha yetib  borgan, biroq markazi O’zbekiston hududida bo’lgan Buyuk Ipak yo’li yapon va o’zbek xalqlarini tarixan bog’lab kelganini  ta'kidladi.   

JATA xalqaro sayohatlar departamenti bosh menejerining o’rinbosari Xiroshi  Yanagida Yaponiya sayyohlik agentliklari uyushmasi  a'zolari O’zbekistonga katta qiziqish bilan qarashayotgani va bundan keyin yapon sayyohlari uchun muntazam ravishda O’zbekiston  bo’ylab sayohatlar tashkil etishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

“Taqdimot marosimida 20 dan ziyod yapon sayyohlik tashkiloti vakillari ishtirok etishdi. Tashkilotchilar mazkur tadbirning  o’tkazilishi O’zbekiston bo’ylab sayohatlarni ishlab chiqish va tashkil etishga ko’maklashishi barobarida Samarqand, Buxoro, Xiva,  Toshkent singari tarixiy shaharlarni o’z ko’zi bilan ko’rishni istagan yapon sayyohlari sonining sezilarli darajada ko’payishiga  xizmat qilishiga komil ishonch bildirishmoqda”, dedi u.

«AJT INC» yapon sayyohlik kompaniyasi Bosh direktori Eidji Ivase 11 yildan ziyod davr mobaynida «O’zbekturizm» Milliy  kompaniyasining Yaponiyadagi sherigi hisoblanadigan o’z kompaniyasi yapon sayyohlari uchun O’zbekiston bo’ylab sayohatlar uyushtirib  kelayotganini qayd etdi.

Uning ta'kilashicha, O’zbekistonga yapon sayyohlarining oqimi yil sayin oshib bormoqda. Ko’pgina yapon sayyohlik firmalarining  vakillari Kunchiqar mamlakat sayyohlari uchun O’zbekiston Respublikasining tarixiy shaharlari bo’ylab yangi tur-paketlarni taklif  etish niyatidalar.

«AIR CRYSTALL INC» yapon sayyohlik kompaniyasining direktori Tayeko Fushima o’zining kompaniyasi ham O’zbekistonga sayohatlarni  tashkil etib kelayotganini aytdi. U joriy yilning iyunida «Mega-info-tur» dasturi doirasida O’zbekistonga borish imkoniyatiga ega  bo’lganini ma'lum qilar ekan, yurtimizning boy madaniy-tarixiy merosi hamda o’zbek xalqining samimiyati va ochiqko’ngilligi o’zida  unutilmas taassurotlar qoldirganini ta'kidladi.

Shuningdek, u ajoyib va betakror o’zbek milliy taomlari ham yaponiyalik sayyohlarni hayratga solganini aytdi. “O’zbekiston bo’ylab  yangi sayyohlik yo’nalishlarini ishlab chiqish va ularni yapon jamoatchiligining e'tiboriga havola qilish niyatidaman”, dedi T.Fushima.

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà