Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Jamiyat

Nemis sayyohlik nashrlari Buyuk Ipak yo’li haqida
24.01.2012 15:32
“Jahon” AA, Berlin - So’nggi yillarda O’zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosiga, shuningdek, sayyohlik salohiyatiga Germaniya jamoatchiligining qiziqishi tobora ortib bormoqda. Germaniyaning turli nashrlarida mamlakatimiz sayyohlik industriyasining bugungi taraqqiyoti va tarixiy yodgorliklari mavzulariga bag’ishlangan maqolalarning tez-tez chop etilayotgani bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Masalan, yaqinda Germaniyaning «Wörlitz Tourist» sayyohlik kompaniyasi tomonidan chop etiladigan «KulTouren 2012» jurnalida «O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’li bo’ylab» sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda Sharq va G’arb sivilizatsiyalarining rivojlanishi va bir-birini boyitishida Buyuk Ipak yo’lining ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritiladi. “Uzoq o’tmishda hozirgi O’zbekiston hududidan Buyuk Ipak yo’li bo’ylab tuya karvonlari o’tishgani qadim va go’zal Samarqand hamda Buxoroning naqshinkorlik san'ati namunalarida o’z aksini  topgan”, deb yozadi nemis nashri.

Maqolada ta'kidlanishicha, bepoyon Qizilqum sahrosi va gullab-yashnayotgan voha shaharlari o’rtasidagi keskin farqlar, shuningdek, mamlakatimizning rang-barang madaniyati, betakror tabiati dunyoning barcha nuqtalaridan sayyohlarni o’ziga jalb etib keladi.

Germaniya zaminida chop etiladigan nashrlardan yana biri - «Orient» jurnalida e'lon qilingan “Marko Polo izidan Buyuk Ipak yo’li bo’ylab” sarlavhali maqolada ham O’zbekistondagi tarixiy shaharlarning o’ziga xos jihatlari qalamga olingan.

Maqolada qayd etilishicha, «qadimgi Buyuk Ipak yo’lining tarixiy shaharlari - Sharqning eng go’zal masjidi qaror topgan Samarqand, minoralari bir paytlarda sahrodan o’tayotgan karvonlar uchun mayoq vazifasini bajargan Buxoro, bugungi kungacha yaxshi saqlanib qolgan, noyob tarixiy-me'moriy yodgorliklarga ega bo’lgan Xiva hamda go’zal eski shahari va gavjum Chorsu bozori bilan mashhur O’zbekiston poytaxti -  azim va zamonaviy Toshkent - bularning barchasi go’yo bir ipga tizilgan marvaridlardir».

Yana bir nashr - Germaniyaning eng yirik savdo tarmoqlaridan biri bo’lgan «Lidl» kompaniyasining sayyohlik axborotnomasi ham yaqinda O’zbekiston manzaralari aks haqida suratlar bilan birga yurtimiz haqidagi mufassal axborotlarni chop etdi. Aytish lozimki, iste'molchilarning katta ishonchiga sazovor bo’lgan «Lidl» kompaniyasi 10 yildan ortiq vaqt mobaynida o’z mijozlariga yuqori sifatli xizmat ko’rsatib kelayotgani holda u dunyo mamlakatlari bo’ylab sayohatga  taklif qiladigan turli tuman sayyohlik kompaniyalari bilan ham muvaffaqiyatli hamkorlikni yo’lga qo’ygan.

Yuqoridagilardan tashqari, Germaniyada chop etiladigan «Sayohatlar va dengiz sayrlari» nomli nashrning maxsus sonida ham 2012 yilda O’zbekiston bo’ylab bir haftalik bahorgi va yozgi sayohat yo’nalishlari taklif qilingan. Unda sayyohlar uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro va Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarni o’z ko’zi bilan ko’rish imkoniyatlari atroflicha qalamga olingan.

Nomlari sanab o’tilgan nashrlarning barchasida O’zbekiston va uning tabiiy, iqlimiy xususiyatlari va o’ziga xosliklari haqidagi, shuningdek, sayyohlar uchun asqotadigan ko’pgina boshqa ma'lumotlar ham o’z ifodasini topgandir.

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà