Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (17.05.2012 09:39)           Jahon gimnastikasi yulduzlari ishtirokidagi yirik musobaqalar (19.05.2012 11:47)           Oilaviy biznes qo‘llab-quvvatlanmoqda (19.05.2012 11:46)           Nyu-Yorkda O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini qurish sohasidagi muvaffaqiyatlari muhokama etildi (18.05.2012 09:50)           “O’zbekiston: Buyuk Ipak yo’lining ganjinasi” Bryusselda namoyish etilgan ko’rgazma ana shu mavzuga bag’ishlandi (17.05.2012 09:33)           O‘zbekiston Prezidenti ODKB va MDH sammitlarida ishtirok etdi (16.05.2012 10:31)           O‘zbekiston Prezidentining ODKB va MDH oliy organlarining majlislaridagi ishtirokiga doir (15.05.2012 15:01)           Tailand Qirolligi - O’zbekistonning istiqbolli hamkorlaridan biri (14.05.2012 09:53)           Inson xotirasi – boqiy, qadr-qimmati – ulug‘ (10.05.2012 09:42)           Taqdimot marosimi muhim sanaga bag’ishlandi (08.05.2012 16:56)           Chjetszyandagi taqdimot O’zbekistonning iqtisodiy muvaffaqqiyatlari mavzuiga bag’ishlandi (08.05.2012 16:53)           O’zbekistonning sarmoyaviy salohiyati Xitoyda taqdim etildi (03.05.2012 10:45)           Oqsaroyda qabul (02.05.2012 17:50)           O’zbekiston-Yaponiya: Samarali hamkorlik yo’lida (02.05.2012 09:52)           O’zbekiston “COTTM” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida (02.05.2012 09:49)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Sport

Futbolchilarimiz xalqaro turnir sovrindori
24.01.2012 19:16
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida futbol bo‘yicha “Dubai Matchworld Cup – 2012” xalqaro turnirida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi, Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi marotaba o‘tkazilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi, “Bunyodkor”, Rossiyaning “Zenit” va “Rostov”, Ukrainaning “Shaxtyor”, Shveysariyaning “Ksamaks”, Tunisning “Etual dyu Saxel” va Iroq olimpiya terma jamoasi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqa qoidasiga ko‘ra, sakkiz ishtirokchi ikki guruhga bo‘lindi. Har bir jamoa guruhda ikkitadan uchrashuvda maydonga tushdi. Guruh g‘oliblari finalda to‘p surgan bo‘lsa, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar uchinchi o‘rin uchun o‘zaro raqobatlashdi.

2012 yili Londonda bo‘ladigan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarining Osiyo saralash musobaqasiga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “B” guruhida Ukraina chempioni “Shaxtyor”, Rossiyaning “Rostov” va Tunisning “Etual dyu Saxel” jamoalarini ortda qoldirib, finalga chiqdi.

Hal qiluvchi bellashuvda o‘zbekistonlik olimpiyachilar “A” guruhida birinchi o‘rinni egallagan Rossiya chempioni “Zenit”ga qarshi to‘p surdi. Asosiy e’tiborni 5 fevral kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarining saralash uchrashuviga qaratgan Vadim Abramov o‘rtoqlik maqomida bo‘lgan bu o‘yinda deyarli barcha o‘yinchilarni maydonda sinab ko‘rdi.

Uchrashuv hamyurtlarimiz uchun omadsiz boshlandi. Jamoamiz posboni Akbar To‘rayev 5-daqiqada qoida buzgani uchun hakam tomonidan maydondan chetlatildi. Belgilangan penaltidan Danko Lazovich unumli foydalanib, hisobni ochdi. Bir kishi kam bo‘lib to‘p surgan olimpiyachilarimiz Yevropaning tajribali va mahoratli futbolchilarini jamlagan Rossiya chempioniga munosib qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi. Biroq o‘yin oxirigacha o‘z darvozasidan yana to‘rtta to‘p olib chiqdi. O‘zbekiston vakillariga ikkinchi o‘rin nasib etdi.

Joriy mavsumda Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etadigan O‘zbekiston chempioni – “Bunyodkor” futbolchilari “Dubai Matchworld Cup – 2012” turnirining “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. Qoidaga ko‘ra, Mirjalol Qosimov shogirdlari uchinchi o‘rin uchun bellashuvda “B” guruhida ikkinchi pog‘onadan joy olgan Ukrainaning ko‘pkarra chempioni “Shaxtyor” (Donetsk) jamoasi bilan kuch sinashdi.

Uchrashuv birinchi bo‘limining 17-daqiqasida Bahodir Pardayev hisobni ochdi. O‘yinning ikkinchi yarmida “Shaxtyor” vakili Duglas Kosta hisobni tenglashtirdi – 1:1. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va g‘olib jamoa penaltilar seriyasida aniqlandi.

5:4 hisobida zafar quchgan “Bunyodkor” futbolchilari “Dubai Matchworld Cup – 2012” xalqaro turnirini uchinchi o‘rinda yakunladi.

O‘zA

Voqea va hodisalar
2012 yil - Mustahkam oila yili
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà