Boshlang`ich sayt sifatida | Saytning oldingi versiyasi Ðóññêèé | English | العربية
O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Jahon» axborot agentligi
Oqsaroyda qabul (07.02.2012 12:01)           Ukraina delegatsiyasi O‘zbekistonda (07.02.2012 12:04)           «New Straits Times» gazetasi tarixiy va zamonaviy O’zbekiston haqida (07.02.2012 10:01)           Fudan universitetida O’zbekiston taqdimoti (07.02.2012 09:57)           Ulkan jasorat namunasi (05.02.2012 13:07)           Qo‘shimcha imtiyozlar: sifat va samaradorlik (05.02.2012 13:05)           “O’zbekiston uzoq muddatli barqaror taraqqiyotni ta'minlash yuzasidan asosiy maqsad sari ishonch bilan qadam tashlamoqda” (04.02.2012 11:37)           O’zbekistonning sog’liqni saqlash sohasidagi muvaffaqiyatlari haqida BMT rasmiy hujjati tarqatildi (04.02.2012 11:26)           Kitobsevarlar markazi (02.02.2012 16:42)           Kollejdan – ishlab chiqarishga (02.02.2012 16:41)           O‘zbek polvoni xalqaro turnir g‘olibi (31.01.2012 10:52)           Soliqlar farovonlikning yanada oshishiga xizmat qilmoqda (31.01.2012 10:22)           Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida (31.01.2012 10:17)           Mustaqillik tarixi haqida muhim manba (31.01.2012 09:52)           Xorijlik ekspertlar: «O’zbekiston 2012 yilga ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning munosib ko’rsatkichlari bilan kirdi» (30.01.2012 09:22)          
Yangiliklar

Bosh sahifa
Siyosat
Iqtisodiyot
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Sharh va mulohaza
Voqealar, muhim sanalar
Arxiv

Prezident

Tashriflar
Nutqlar, chiqishlar

"Jahon" AA

Yangiliklar
Tahlil
Matbuot-relizlar
Xabarlar

Xujjatlar

Farmonlar
Qarorlar
Qonunlar

Multimedia

Fotogalereya
Videomateriallar
Audiomateriallar

Izlash

A`zo bo`lish
RSS


Currency nbu.com


Hosting by UZINFOCOM


Sport

O’zbekiston - xorijiy ekspertlar nigohida
18.06.2010 18:32
«Jahon» AA - O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga, yosh avlodni har tomonlama rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu haqda qator xorijiy ekspertlar o’z mulohazalarini bildirishdi.

Xususan, Yaponiya olimpiada qo’mitasi xalqaro bo’limi direktori o’rinbosari S.Ishikava oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida o’tkaziladigan “Universiada” sport o’yinlari o’sib kelayotgan avlodga hukumat tomonidan ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikning yorqin ko’rinishi ekanini ta'kidladi.

S.Ishikava Yaponiya ham, O’zbekiston ham qit'a uyushmasi va universitetlar o’rtasidagi xalqaro va mintaqalararo sport muassasasi sanalgan, uning doirasida kelgusida samarali hamkorlik qilish mumkin bo’lgan Osiyo universitetlari sport uyushmasiga kirishini aytdi.

Yaponiyaning “Power Walking” (sport qoidalari asosida yurish) uyushmasi prezidenti Katsizuto Koga O’zbekistonda sportni rivojlantirish va sog’lom yosh avlodni tarbiyalash sohasida keng ko’lamli islohotlar olib borilayotganini qayd etdi. U O’zbekiston rahbarining sportning milliy va boshqa turlarini rivojlantirish, ularni nafaqat mamlakatda, balki jahon miqyosida ommalashtirish borasidagi tashabbuslarini yuksak baholadi. Misol sifatida K.Koga Respublika Olimpiya zahiralari kollejining barpo etilishi hamda maktab va kollej o’quvchilari, shuningdek, oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida sport musobaqalarining muntazam ravishda o’tkazilib turishini aytib o’tdi. Uning fikricha, ushbu omillar o’zbek yoshlarining Osiyo va jahon chempionati, olimpiada o’yinlari kabi nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun mustahkam asos bo’ladi.

Yaponiya futbol uyushmasi milliy jamoasi boshqarmasining xodimi Tomoxiko Kondo oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida “Universiada” sport o’yinlarining muntazam ravishda o’tkazilishi sog’lom avlodni tarbiyalashning muhim omillaridan biri ekanini qayd etdi.

U shuningdek mamlakat rahbari tomonidan yoshlarni qo’llab-quvvatlash borasidagi g’amxo’rligi evaziga o’zbek sportchilari xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishishdi, bunga misol sifatida shu yil may oyida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan Yaponiya terma jamoasi ham ishtirok etgan mini futbol bo’yicha Osiyo chempionatida o’zbekiston milliy terma jamoasi kumush medalni qo’lga kiritganini aytish mumkin, dedi.

«CIS Tech» kompaniyasi bosh direktori Bxarata Mekanining so’zlariga ko’ra, «O’zbekiston Respublikasi tomonidan mamlakatda yosh avlodni kamol toptirish va sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor alohida tahsinga sazovordir. Mustaqillik yillarida O’zbekiston xalqaro talablarga javob bera oladigan zamonaviy sport inshootlari sonini ko’paytirdi. Bu borada birgina bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi tomonidan 100 million AQSh dollaridan ziyod mablag’ sarflandi. O’zbek yoshlarining har tomonlama va to’laqonli kamolga yetishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 2010 yilning “Barqamol avlod yili” deb e'lon qilinishi - zamirida yoshlar, ularning barcha tomonlama qo’llab-quvvatlash masalasi yotgan noyob tashabbusdir. Bu kabi dastur dunyoning boshqa biron bir mamlakatida yo’q. Umuman olganda, O’zbekistonda yoshlarga yaratilgan sharoitlarga juda ko’plab mamlakatlar havas qilishsa arziydi. Umid qilamanki, ushbu g’amxo’rlikka javob sifatida yosh o’zbek sportchilari xalqaro maydonlarda, xususan, Singapurda bo’lib o’tadigan 1-Yoshlar olimpiada o’yinlarida yuqori natijalarga erishadilar, deb umid qilaman, dedi B.Mekani.

“Do’stlik ko’priklari: Ukraina va O’zbekiston” nashriyot loyihasi bosh muharriri Artur Gashenko quyidagi mulohazalarni bildirdi:

- O’zbekiston o’zining taraqqiyot modelini ishonch bilan amalga oshirmoqda, mamlakat rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan keng ko’lamli dasturni amalga oshirish yo’lida muvaffaqiyat bilan odimlamoqda. Mamlakat rahbarining kelajakka borasidagi qarashlari, asksariyat hollarda vaqtinchalik foydaga emas, aksincha, davlatning yanada rivojlanishiga mustahkam asos bo’lib xizmat qiladigan qaror qabul qilish tizimi hurmatga sazavor bo’lib kelmoqda.

O’zbekistonga tez-tez borganimda va mamlakatning yosh vakillari bilan suhbatlashganimda men hamisha ularning barkamol rivojlanishi masalasida qizg’in kechayotgan o’zgarishlar jarayonini kuzataman. Mustaqil O’zbekiston o’quv binolarining qiyofasi o’zgarib borarkan, ularning sonlari ortmoqda va u yerdagi ta'lim sifati yaxshilanib bormoqda, ta'lim sohasida samarali va pragmatik islohotlar olib borilmoqda, shu asosda xalqning boy an'analari saqlanmoqda. Natijada esa, mamlakatda har tomonlama rivojlangan, muhim hayotiy masalalarni hal eta oladigan, o’z vatanini sevadigan, yurtining tarixini ardoqlaydigan va kelajagiga umid bilan qaraguvchi yosh avlod kamolga yetmoqda.

Mamlakatda yosh avlodning jismoniy kamol topishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qariyb barcha aholi turar joylarida hamisha odam gavjum bo’lgan ajoyib sport zallari qurilgan. Sportning milliy turlari rivojiga e'tibor juda katta. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov o’zbek xalqining xorijda ham mashhur bo’lgan go’zal va qadimiy sport turi - Kurash xalqaro uyushmasining faxriy perezidenti sanaladi.

Ta'lim sohasiga yetarlicha mablag’ning yo’naltirilishi, bu kelajakka sarmoya sarflash, demakdir. Axir faqatgina bilimli, yuqori malakali kadrlargina davlatni rivojlantirish, ulkan qo’shimcha qiymat darajasiga ega yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni rivojlanishni ko’zda tutuvchi taraqqiyotning o’zbek modeli tamoyillarini amalga oshira oladi”.

Voqea va hodisalar
Mustaqilligimizga - 20 yil
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 20 yil
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning kitobi
“Bilimli va aql-zakovatli etuk avlodni tayyorlash – mamlakatni barqaror rivojlantirish va modernizatsiyalashning muhim sharti” Xalqaro konferensiyasi
"O'zbekistonda ona va bola salomatligini muhofaza qilish milly modeli" Halqaro Simpoziumi
Tashqi ishlar vazirligi

Multimedia
Foto

O'zbekiston mustaqilligining 17-yilligi

Video

Hastimom – poytaxt durdonasi (yangilangan)

Audio

O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi

Diplomatic yangiliklar
Veb resurslar

Îôîðìèòü âèçó â Óçáåêèñòàí

Gov.uz

Ïðåññ-ñëóæáà Ïðåçèäåíòà ÐÓ

ÌÂÝÑÈÒ ÐÓ

Óçèíôîèíâåñò

Áèçíåñ-ôîðóì Óçáåêèñòàíà